TOShKENT, 13 avg – Sputnik. O‘zbekiston Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasining 45 sonli buyurug‘iga qator o‘zgarishlar kiritildi, Lex.uz sahifasi xabariga asosan.
Birinchidan, ushbu buyuruqdan yo‘lovchilarni majburiy sug‘urta qilish haqidaga band olib tashlandi.
Ikkinchidan, parvozlar xavfsizligi Vazirlar mahkamasining 02.06.2016 yilda qabul qilingan 183 qaroriga ko‘ra, yangi nizom asosida amalga oshiriladi.
Yangi qoidalarga ko‘ra, yo‘lovchilar va yuklarni ko‘zdan kechirishda vakolat va javobgarlik MXX xodimlaridan Aeroport Xavfsizlik xizmati xodimlari zimmasiga o‘tdi.
Shaxsiy yuklarini yo‘lovchi ishtirokisiz aviatsiya xavfsizligiga tekshirish, faqat aeroportdagi aviatsiya xavfsizlik xavfsizlik xizmati boshlig‘i yoki uning o‘rinbosarining yozma buyrug‘i asosida amalga oshiriladi. Kerak bo‘lganda ikki guvoh ham taklif qilinadi.
Yo‘lovchining ishtirokisiz yuklar ko‘zdan kechirilganda protokol yoki akt tuzilishi shart.