Iqtisodchi: Toshkent va Tokioda o‘zaro savdo manfaati mavjud

© Foto iz arxiva E.KuzminoyEkspert Yelena Kuzmina
Ekspert Yelena Kuzmina - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyalik iqtisodchining fikricha, Yaponiya birinchi navbatda tekstil sanoati va energetika sohasidagi hamkorlik hamda respublikaga o‘z avtomobil mahsulotini olib kirishdan manfaatdor

TOShKENT, 11 okt — Sputnik, Anton Kurilkin. Yaponiya biznes delegatsiyasining Toshkentga tashrifi yakuniga yetdi. Tashrifdan maqsad investitsion muhit va bozor imkoniyatlarini o‘rganish hamda o‘zbek kompaniyalari bilan biznes aloqalarini yo‘lga qo‘yish edi.

Munosabatlar tarixi

O‘zbekiston mustaqillikka erishgan 1991-yildan boshlab Yaponiyani iqtisodiy hamkor sifatida o‘ziga jalb etgan.

Uzbekiston xavo yullari aviakompaniyasi samolyoti - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Yaponiya orasida charter parvozlari ochiladi

Ikki davlatning iqtisodiy hamkorligi 1994-yilda hamkorlik bo‘yicha o‘zbek-yapon va yapon-o‘zbek qo‘mitalarining tashkil qilinishidan boshlangan. Ushbu qo‘mitalar yig‘ilishlari doirasida muntazam ravishda investitsiyalar va kompaniyalar hamkorligi muhokama qilinib kelinadi. Masalan, 2016-yilning aprelida qo‘mitalarning qo‘shma yig‘ilishidan so‘ng Mitsubishi Corporation korporatsiyasining bosh ijrochi vitse-prezidenti Xideto Nakaxara o‘zbek va yapon kompaniyalari umumiy qiymati 8 milliard dollarlik investitsion loyihalarni ishlab chiqayotganini bildirdi.

2000 yilda Toshkentda Yaponiyaning tashqi savdoni rivojlantirish tashkiloti (JETRO) ofisi ochildi, biznesmenlarning tashrifini ham aynan mana shu tashkilot uyushtirgan. Shuni ham aytish joizki, MDH bo‘yicha faqatgina Moskva, Peterburg va Toshkentda JETRO ofislari mavjud.

Davlatlarning rahbarlari ham o‘zaro uchrashuvlarda investitsiya masalalarini muhokama qilib kelishgan. 2015-yil oktabrida Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe Prezident Islom Karimov bilan uchrashuvi yakunida energetika va transport infrastrukturasi, qayta ishlash sanoati, telekommunikatsiya, avtomobil, kimyo va neft-gaz sanoatini modernizatsiya qilish uchun 8,5 milliard dollar hajmida investitsiya yo‘naltirishga kelishib olinganini ma’lum qildi.

Yapon manfaati

Rossiya FA Iqtisodiyot institutining sobiq sovet mamlakatlari tadqiqot markazi iqtisodiy rivojlanish bo‘limi rahbari Yelena Kuzminaning aytishicha, o‘zbek urani va mamlakatda qazib olinadigan rangli metallar yapon kompaniyalarining qiziqishini uyg‘otadi.

Shu bilan birga yapon kompaniyalari uchun respublika mashinasozlik mahsulotlarini sotib oluvchi xaridor sifatida ham qiziq.

"O‘zbekistonda sanoat ancha jadal sur’atlarda rivojlanayotganini e’tiborga oladigan bo‘lsak, bu yerda sanoat uchun mahsulot, mashina va uskunalar yetkazib berish bo‘yicha o‘zaro manfaat mavjud, lekin investitsiyalar natijasi haqida gapirishga hali erta", — deydi ekspert.

Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Yaponiya 8 milliard dollarlik loyiha ustida ish olib bormoqda

"Yaponlar O‘zbekistonga investitsiya kirita boshlaganiga ko‘p bo‘lmadi. Abe tilga olgan mablag‘ birinchi navbatda yaqin yillardagi hamkorlikning maqsadidir. Umuman olganda, investitsiyalar xom ashyoni qayta ishlash va ishlab chiqarishga yo‘naltiriladi. Masalan, yapon biznesmenlarida O‘zbekistonning avtomobil va tekstil sanoati katta qiziqish uyg‘otadi. Yaponiya O‘zbekistondagi iqtisodiy faoliyatini kengaytirish niyatida", — ta’kidlaydi Kuzmina.

O‘zbekistonning ma’lum qilishicha, mamlakatga kiritilgan yapon sarmoyalarining umumiy miqdori bugungi kunda 2,3 milliard dollarni tashkil etadi. Bu mablag‘larning aksariyat qismi imtiyozli iyenali kreditlar (1,5 milliard dollar) va tijorat kreditlaridir (700 million dollar). Hozirda O‘zbekistonda Yaponiya bilan hamkorlikda 11ta qo‘shma korxona tashkil etilgan va 12 yapon kompaniyasining vakolatxonasi ochilgan.

Yangiliklar lentasi
0