TOShKENT, 11 okt — Sputnik. Qirg‘izistonlik chegarachilar safdoshlaridan biri kasal bo‘lib qolganligi sababli o‘zbekistonlik hamkasblaridan yordam so‘rab murojaat qildilar, deb xabar beriladi O‘zbekiston milliy xavfsizlik xizmati davlat chegaralarini qo‘riqlash qo‘mitasi matbuot xizmati xabarida.
"Nayzasoy" qo‘riqlash postida xizmat qilayotgan Qirg‘iziston Respublikasi davlat chegara xizmatchisi, 1999-yilda tug‘ilgan katta serjant Mirlanbek Kidikov o‘zini yomon his qilgan.
"Do‘stona va qo‘shnichilik munosabatlaridan kelib chiqib O‘zbekiston milliy xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari harbiylari katta serjant Kidikovni Toshkent viloyatidagi G‘azalkent shahri vrachlik maskaniga eltdilar hamda bu yerda bemorga zarur tibbiy yordam ko‘rsatildi", — deyiladi xabarda.