TOShKENT, 11 okt – Sputnik. IIV zimmasiga mamlakatda prezident saylovlarida ovoz berish yakunlari bo‘yicha saylov varaqalari va bulletenlarni, shuningdek, saylov natijalari bo‘yicha dalolatnomalarni yetkazib berishda xavfsizlikni ta’minlash vazifasini yuklatildi, deb xabar qildi seshanba kuni RIA Novosti nashriga Markaziy saylov komissiyasi matbuot-xizmati vakili.
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi prezidenti Islom Karimov 2-sentabr kuni 78 yoshida insult oqibatida Toshkentda olamdan o‘tdi. O‘zbekiston prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib Bosh vazir Shavkat Mirziyoyev tayinlandi. Prezident saylovlari 4-dekabrda o‘tkazilishi belgilangan.
"MSK qabul qilgan qarorga asosan, O‘zbekiston IIV zimmasiga saylovlarda jamoatchilik tartibi va xavfsizligini ta’minlash vazifasi yuklatilgan", — deb xabar qildi matbuot-xizmati vakili.
Vazirlikka shuningdek, MSK tomonidan tashkillashtirilayotgan barcha tadbirlarda xavfsizlik choralarini ta’minlash topshirig‘i yuklatilgan. Ichki ishlar vazirligi saylov okruglari va uchastkalari komissiyalari joylashgan binolarning xavfsizligini ta’minlashi, ularni qo‘riqlashi lozim, shuningdek, IIV zimmasiga yangi tashkil etilayotgan saylov uchastkalari uchun muhrlarni tayyorlash uchun ruxsatnoma berish vakolati yuklatilgan.