Ehtiyojlarni baholash missiyasi ekspertlari Toshkentga keldi

© Sputnik / Sergey Pivovarov / Mediabankka o‘tishYeHHT
YeHHT - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha burosi milliy saylov qonunchiligining umume’tirof etilgan xalqaro standartlarga uyg‘unligi tahlili natijalari bo‘yicha saylovlarni kuzatishning maqsadga muvofiqligi, uning shakli, muddati va kuzatuvchilar soni to‘g‘risida qaror qabul qiladi

TOShKENT, 11 okt — Sputnik. 2016-yilning 11-oktabr kuni Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha burosi saylov departamenti rahbari Aleksandr Shlik boshchiligidagi Ehtiyojlarni baholash missiyasi ekspertlari Toshkentga tashrif buyurdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo‘yicha Respublika matbuot markazi.

Ilgariroq Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali shu yilning 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kuzatuvida ishtirok etish uchun YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha burosiga taklifnoma yuborgan edi.

Amaliyotga ko‘ra, YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha burosi saylovoldi jarayoni va saylovga tayyorgarlikning borishini baholash, milliy saylov qonunchiligining umume’tirof etilgan xalqaro standartlarga uyg‘unligi tahlili natijalari bo‘yicha saylovlarni kuzatishning maqsadga muvofiqligi, uning shakli, muddati va kuzatuvchilar soni to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Saylov qutisi - Sputnik O‘zbekiston
Markaziy saylov komissiyasi xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilarni taklif qildi
Ehtiyojlarni baholash deb atalmish missiya saylovlar arafasida, qoidaga ko‘ra, YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha burosi saylov departamenti mutaxassislari tomonidan ikki-uch kun davomida amalga oshiriladi. Unda Buro tomonidan 2010-yilda chop etilgan saylovlarni kuzatish bo‘yicha qo‘llanmada belgilangan uslublarga muvofiq ish tutiladi. Bu gal Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha burosi Ehtiyojlarni baholash missiyasini Buroning saylov departamenti boshlig‘i Aleksandr Shlik (Belarus) va departament maslahatchisi Ulvi Axundlu (Ozarbayjon)dan iborat tarkibda shu yilning 11—14-oktabr kunlari yuborishga qaror qildi.

Ehtiyojlarni baholash missiyasi tashrifi doirasida Tashqi ishlar vazirligida, Markaziy saylov komissiyasida, Oliy sudda, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatida, Adliya vazirligida, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markazda, Milliy teleradiokompaniyada, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligida, shuningdek, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili, siyosiy partiyalar hamda fuqarolik jamiyati institutlari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

O‘zbekistonning Rossiyadagi Elchisi Bahrom Boxodirovich - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi: mamlakat saylov tizimi barcha standartlarga javob beradi
Ehtiyojlarni baholash missiyasi uchrashuvlar yakuni bo‘yicha o‘z xulosasini tayyorlab, unda saylovning samarali, haqqoniy va professional kuzatuvini amalga oshirish uchun sharoit yaratilgani, siyosiy plyuralizm, shaffoflik qaror topgani, saylov jarayoni jamiyatning ishonchini qozongani, shuningdek, Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha burosining avvalgi saylovlarni kuzatish yuzasidan berilgan tavsiyalari bajarilgani singari mezonlar o‘z aksini topadi.

Ehtiyojlarni baholash missiyasi O‘zbekiston Respublikasida 2004-, 2009- va 2014-yillarda ham faoliyat olib borgan. O‘tgan yillarda Ehtiyojlarni baholash missiyasi xulosalari asosida O‘zbekistondagi saylovlarni kuzatish uchun 15-18 ta YeXHT ishtirokchi-mamlakatidan 25 kishidan ko‘p bo‘lmagan tarkibdagi saylovlarni kuzatish bo‘yicha cheklangan missiyasini yuborgan.

Eslatib o‘tamiz, hozirgacha ShHT, IHT, MDH Ijroqo‘mi, Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasi singari nufuzli xalqaro tashkilotlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatishda ishtirok etishga tayyorligini ma’lum qilgan. Saylovda ko‘p sonli xalqaro kuzatuvchilarning ishtirok etishi saylov jarayonining ochiqligi va oshkoraligini ta’minlashga, nufuzini oshirishga hamda demokratik saylovlarni o‘tkazish masalalari bo‘yicha tajriba va axborot almashishga xizmat qiladi.

Yangiliklar lentasi
0