TOShKENT, 5 okt — Sputnik. 2016-yilning 4-oktabr kuni Brussel shahrida tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Yevropa Ittifoqining xalqaro hamkorlik va taraqqiyot masalalari bo‘yicha Komissari Neven Mimitsa bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati xabar qilmoqda.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va YeI o‘rtasida savdo-iqtisodiy va investitsiya sohalaridagi hamkorlikning amaliy jihatlari ularni yanada mustahkamlash va rivojlantirish nuqtayi nazaridan muhokama qilingan.
"Uchrashuvda "Markaziy Osiyo – Yevroittifoq" shaklidagi hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi, deyiladi xabar matnida.