Coca-Cola va PepsiCo kompaniyalarining qo‘shma fitnasi fosh qilindi

Obuna bo‘lish
Olimlarning ta’kidiga ko‘ra, Coca-Cola va PepsiCo kompaniyalari bu kabi "tashviqot ishlari" uchun yiliga taxminan 9 million dollar sarflaydi

TOShKENT, 11 okt — Sputnik. Coca-Cola va PepsiCo kompaniyalari Amerikaning 96taga yaqin tibbiyot uyushmalari bilan til biriktirib ish ko‘rgan. Tibbiy tashkilotlar kompaniyalar manfaatini ko‘zlab ish ko‘rgani uchun mo‘maygina pul olgan, deb yozadi bu borada surishtiruv o‘tkazgan American Journal of Preventive Medicine nashri.

Xaridor Coca-Cola kompaniyasiga tegishli ichimlikni tutib turibdi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda Coca-Cola may oxirida savdo rastalariga qaytadi
Ma’lum bo‘lishicha, 2011-yildan 2015-yilga qadar gazlangan ichimlik ishlab chiqaruvchi Coca-Cola va PepsiCo  kompaniyalari sog‘liqni saqlash tashkilotlari hisob raqamlariga juda katta miqdorda pul o‘tkazishgan. Pul o‘tkazilgan tuzilmalarning aksariyati semirishga qarshi kurash olib borgan.

Bundan tashqari, xabarga ko‘ra, ushbu vaqt oralig‘ida Coca-Cola va PepsiCo  kompaniyalari sog‘liqni saqlash sohasidagi 29 ta loyiha, shu jumladan, shirin gazlangan ichimliklar iste’molini kamaytirish va semizlikka qarshi kurashishga qarshi qaratilgan loyihalarga qarshi ovoz berilishini qo‘llab-quvvatlagan.

Olimlarning ta’kidiga ko‘ra, Coca-Cola va PepsiCo kompaniyalari bu kabi "tashviqotlar" uchun yiliga taxminan 9 million dollar sarflaydi.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, yuqorida qayd etilgan singari holatlar Amerika millati sog‘lig‘iga katta salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Yangiliklar lentasi
0