Germaniya hukumati vakili O‘zbekistondagi totuvlikni yuqori baholadi

© Sputnik / Savelyev Vitaliy / Mediabankka o‘tishBundestag
Bundestag - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda “Vidergeburt” nemis madaniyat markazi faoliyat yuritmoqda

TOShKENT, 11 okt – Sputnik. Toshkentda O‘zbekiston Respublikasida istiqomat qilayotgan nemis millatiga mansub fuqarolar masalalari bo‘yicha O‘zbekiston – Germaniya hukumatlararo komissiyasining to‘qqizinchi majlisi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi “Jahon” AA.

Majlisda O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining o‘rinbosari, hukumatlararo komissiya hamraisi S.Nishonboyev, Germaniya Federativ Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Naytxart Xofer-Vissing va boshqalar O‘zbekiston bilan Germaniya o‘rtasida o‘zaro ishonch va hurmatga asoslangan munosabatlar qaror topgani, bu o‘zaro manfaatli hamkorlik rivojiga xizmat qilayotganini ta’kidladilar.

Germaniya Federativ Respublikasi Federal hukumatining ko‘chib o‘tganlar va kam sonli millatlar masalalari bo‘yicha vakili, hukumatlararo komissiya hamraisi Xartmurt Koshik O‘zbekistonda millatlararo totuvlik qaror topgani, milliy madaniy markazlar faoliyati samarali yo‘lga qo‘yilganini e’tirof etdi.

“O‘zbekistonda barcha millat va elatlar qatori nemis millatiga mansub fuqarolarning ham emin-erkin yashashi, ta’lim olishi, mehnat qilishi, o‘z ijodiy qobiliyati va salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun barcha imkoniyatlar yaratilgani bizni juda quvontiradi. O‘zbekiston bilan hamkorlikni barcha sohalar qatori fan-ta’lim va madaniy-gumanitar yo‘nalishlarda ham yanada rivojlantirish tarafdorimiz”, — dedi u.

Bugungi kunda O‘zbekistonda bir yuz o‘ttizdan ortiq millat va elat vakillari hamjihat yashab, turli sohalarda samarali mehnat qilmoqda. Tili, urf-odat va an’analarini saqlab, madaniyatini rivojlantirmoqda.

Bundestag - Sputnik O‘zbekiston
Xartmut Koshik: Germaniya O‘zbekiston qiyofasida o‘zining kuchli va ishonchli sherigini ko‘radi

O‘zbekistonda “Vidergeburt” nemis madaniyat markazi faoliyat yuritmoqda. “O‘zbekiston – Germaniya” va “Germaniya – O‘zbekiston” do‘stlik jamiyatlari xalqlar o‘rtasidagi madaniy-ma’rifiy aloqalarni yanada rivojlantirishga munosib hissa qo‘shmoqda.

Ikki mamlakat haqida o‘zaro ko‘rsatuv va ko‘rgazmalar namoyish etilmoqda, birgalikda turli madaniy tadbirlar o‘tkazilmoqda. O‘zbekiston Qizil yarim oy, Germaniya Qizil xoch, Germaniya texnikaviy hamkorlik jamiyatlari hamkorligining amaliy ifodasi bo‘lgan tibbiy-ijtimoiy markazlar tomonidan aholiga sifatli tibbiy-ijtimoiy xizmat ko‘rsatilmoqda.

Tadbirda O‘zbekistonda istiqomat qiluvchi nemis millatiga mansub aholini tibbiy-ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ko‘lamini kengaytirish, o‘zaro madaniy, ma’rifiy va texnik hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Majlis yakunlari bo‘yicha qo‘shma kommunike imzolandi.

Yangiliklar lentasi
0