Xartmut Koshik: Germaniya O‘zbekiston qiyofasida o‘zining kuchli va ishonchli sherigini ko‘radi

© Sputnik / Savelyev Vitaliy / Mediabankka o‘tishBundestag
Bundestag - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shu kunlarda O‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi diplomatiya vakolatxonalariga mustaqillik bayramining 25-yillik yubileyi munosabati bilan o‘zbek xalqi nomiga yo‘llangan tabriknomalar kelishi davom etmoqda, deb xabar qilmoqda "Jahon" AA.

TOShKENT, 22-iyul — Sputnik. Bu tabriklarda samimiy qutlovlar va ezgu tilaklar bilan birga mamlakatimiz mustaqil rivojlanish yillari davomida turli jabhalarda qo‘lga kiritgan muvaffaqiyatlar e’tirofi ham o‘z ifodasini topgan. "Jahon" AA xabari asosida.

Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Vladimir Turdenev - Sputnik O‘zbekiston
Turdenev: biz Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘zaro ishonchning yuqori darajasini qadrlaymiz
Masalan, ushbu qutlug‘ bayram arafasida Germaniya Bundestagining a’zosi, GFR ichki ishlar vazirligi huzuridagi ko‘chib kelganlar va milliy ozchilik masalalari bo‘yicha mamlakat federal hukumatining vakili Xartmut Koshik ham ana shunday qutlug‘ qutlovlarni yo‘llagan, deyiladi xabarda.

"Germaniya Federativ Respublikasi 1991-yil 31-avgust kuni o‘z mustaqilligini e’lon qilgan O‘zbekiston Respublikasini birinchilardan bo‘lib tan olgan va Toshkentda o‘z elchixonasini ochgan mamlakatlardan biridir.

Hademay o‘z mustaqilligining 25-yilligini nishonlaydigan yosh davlat — O‘zbekiston Respublikasi xalqi tarixining ildizlari asrlar qa’riga borib tutashadi, uning madaniy merosi esa umumjahon ahamiyatiga molik.

Shuni mamnuniyat bilan qayd etishni istar edimki, muvaffaqiyat bilan rivojlanib borayotgan Germaniya va O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar o‘zbeklar zaminida istiqomat qilayotgan nemis diasporasi farovonligiga ham xizmat qilmoqda. Mustaqillik mamlakatda yashaydigan nemislargagina emas, balki boshqa millat va elatlar vakillarining erkin rivojlanishi uchun ham qulay sharoit yaratdi.

O‘zbekistondagi nemis diasporasi vakillaridan kelayotgan ko‘p sonli maktublar orqali shuni yaxshi bilamanki, ular O‘zbekistonni o‘z Vatani deb bilishgani holda mamlakat farovonligi yo‘lida yelkama-yelka turib mehnat qilishmoqda.

Nemis diasporasi mamlakatda munosib o‘rinlariga ega bo‘lishgani holda, o‘zlarini mustaqil O‘zbekistonning teng huquqli fuqarolari sifatida his etishadi.

Germaniya federal hukumati O‘zbekiston qiyofasida o‘zining kuchli va ishonchli sherigini ko‘radi.

Yangiliklar lentasi
0