O‘zbekistonning ikki banki MDH reytingida dastlabki 20talikka kirdi

© FotoliaDaromad ko‘payishi
Daromad ko‘payishi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
MDHdagi 200ta bank orasida aktivlarining o‘sish sur’ati bo‘yicha reytingga O‘zbekistonning 11ta banki kiritildi

TOShKENT, 29 sen – Sputnik. "Rossiya segodnya" axborot agentligining "RIA Reyting" reyting agentligi MDH davlatlari bank sektori borasida tadqiqot o‘tkazib, aktivlarining o‘sish sur’ati bo‘yicha banklar reytingini tuzdi.

MDHdagi 200ta bank orasida aktivlarining o‘sish sur’ati bo‘yicha reytingga O‘zbekistonning 11ta banki kiritildi.

Sof aktivlarining o‘sishi 2015-yilda 47%ni tashkil etgan Hamkorbank reytingda dastlabki 20talikdan joy oldi va 13-o‘rinda qayd etildi.

O‘zbekiston Milliy banki - Sputnik O‘zbekiston
MDHning eng yirik 200 banki reytingiga O‘zbekiston banklari ham kirdi

Shuningdek, Kapitalbank ham dastlabki 20talikka kira oldi va 18-o‘ringa joylashdi. O‘zbekistonning qolgan banklari quyidagi o‘rinlarda qayd etildi: Ipak Yo‘li banki – 22-o‘rin, "Asaka" banki – 24-o‘rin, Ipoteka bank – 26-o‘rin, KDB Bank – 35-o‘rin, Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki – 38-o‘rin, Qishloq qurilish bank – 40-o‘rin, Xalq banki –44-o‘rin, O‘zsanoatqurilishbank – 50-o‘rin, Agrobank – 52-o‘rin.

Reytingga jami bo‘lib o‘n bitta davlat: Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Gruziya, Qozog‘iston, Moldova, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston va Ukraina banklari kiritildi. Reytingda 2015-yilda aktivlarining o‘sishi 140,1%ni tashkil etgan Rossiyaning Roseksimbanki birinchi o‘rinda qayd etildi. Umuman olganda, ro‘yxatdagi 1-o‘rindan 5-o‘ringacha bo‘lgan pog‘onalarni Rossiya banklari egalladi.

RIA Reyting – "Rossiya segodnya" XIAning maxsus reyting agentligi bo‘lib, kompaniyalar, hududlar, banklar, sohalar va kredit tavakkalchiligini baholashga ixtisoslashgan.

 

 

Yangiliklar lentasi
0