MDHning eng yirik 200 banki reytingiga O‘zbekiston banklari ham kirdi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishO‘zbekiston Milliy banki
O‘zbekiston Milliy banki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
MDHdagi 1000ga yaqin banklar orasidan eng yirik ikki yuzta bank reytingiga O‘zbekistonning 11ta banki kiritildi

TOShKENT, 29 sen – Sputnik. “Rossiya segodnya” axborot agentligining “RIA Reyting” reyting agentligi MDH davlatlari bank sektori borasida tadqiqot o‘tkazib, MDHning eng yirik 200ta banki reytingini tuzdi. Bu MDH banklari bo‘yicha oltinchi marta e’lon qilingan yillik reytingdir.

MDHdagi 1000ga yaqin banklar orasidan eng yirik ikki yuzta bank reytingiga O‘zbekistonning 11ta banki kiritildi.

O‘tgan yilgi reytingda 43-o‘rinda qayd etilgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bu yilgi reytingda 30-o‘rindan joy oldi.

O‘zbekistondagi banklar ulushi xorijiy investorlarga sotiladi

O‘zbekistonning qolgan banklari quyidagi o‘rinlarda joylashdi: O‘zsanoatqurilish bank 58-o‘rin, “Asaka” banki 65-o‘rin, Ipoteka bank 93-o‘rin, Qishloq qurilish bank 95-o‘rin, Xalq banki 112-o‘rin, Agrobank 117-o‘rin, Hamkorbank 124-o‘rin, KDB bank O‘zbekiston 138-o‘rin, Ipak yo‘li banki 176-o‘rin va Kapitalbank 179-o‘rin.
Reytingga jami bo‘lib o‘n bitta mamlakat: Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Gruziya, Qozog‘iston, Moldova, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston va Ukraina banklari kiritildi. Reytingga ko‘ra, MDHdagi eng yirik 200ta bankning umumiy aktivlari miqdori 2016-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra 1,19 trillion dollar deb baholandi.

Reytingda Rossiyaning «Sberbank»i birinchi o‘rinda qayd etildi. Umuman olganda, ro‘yxatdagi 1-o‘rindan 12-o‘ringacha bo‘lgan pog‘onalarning barchasini Rossiya banklari egalladi.

Yangiliklar lentasi
0