Qozog‘iston O‘zbekiston bilan munosabatlarni chuqurlashtirishni rejalashtirmoqda

© Sputnik / StringerO‘zbekiston bayrog‘i
O‘zbekiston bayrog‘i - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayni vaqtda qo‘shma korxonalar va savdo uylari ochish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi

TOShKENT, 10 okt — Sputnik. Qozog‘iston O‘zbekiston bilan hamkorlikni bundan buyon yanada kuchaytirishga xayrixohlik bilan qaraydi, dedi Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Yerlan Idrisov.

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida qo‘shma savdo uylari va biznes forumlar tashkil etiladi

"Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning sentabr oyida Samarqandga qilgan tashrifi O‘zbekiston bilan savdo-iqtisodiy va boshqa sohalardagi hamkorlikning yangi ufqini ochdi. Hukumat delegatsiyalarining o‘zaro tashriflari va bo‘lib o‘tgan muzokaralar janubiy qo‘shnimiz bilan iqtisodiy hamkorlikni yanada chuqurlashtirish borasida ijobiy tasavvur bermoqda", — dedi Idrisov parlamentdagi chiqishi chog‘ida.

"Biz O‘zbekiston bilan 2017-2023 yillarga mo‘ljallangan hukumatlararo iqtisodiy hamkorlik strategiyasini ishlab chiqish va imzolash zaruriyatini e’tirof etdik", — dedi vazir.

Bundan tashqari, u "qo‘shma korxonalar yoki neft, neft mahsulotlari, avtomobil, mashinasozlik, elektrotexnika mahsulotlari yetkazib berish bo‘yicha savdo uylari tashkil etish borasida kelishuvlarga erishilganini"  ma’lum qildi.

Yangiliklar lentasi
0