TOShKENT, 10 okt — Sputnik. AQSh Harbiy dengiz flotiga qarashli esmines, Yaman qirg‘oqlari yaqinidagi, raketalar bilan o‘qqa tutildi, deb xabar qilmoqda Reyter agentligi, Pentagon vakilining so‘zlariga asoslanib.
OAV xabariga ko‘ra, raketa hujumi Yamandagi muxolifatchi xusiylar tomonidan nazorat qilinadigan hududdan amalga oshirilgan.
AQSh harbiy muassasasi xabariga ko‘ra, esmines hujumdan zarar ko‘rmagan, yaralanganlar va qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya shanba kuni Yaman hududiga bergan zarbasidan 100 ga yaqin tinch aholi qurbon bo‘lgan edi. Ma’lumki Saudiya Arabistoni Yamanga zarba berishda AQSh yordamida foydalanadi. Tinch aholi orasida qurbonlar soni katta bo‘lgani tufayli AQSh Saudiya Arabistonining ushbu zarbasini qattiq qoralab, ular bir hamkorlik qilishni to‘xtatishi mumkinligi haqida ogohlantirgan edi.
AQSh esminetsiga qilingan ushbu hujum, haqiqatdan ham xusiy muxolifatchilarining o‘chi bo‘lishi mumkin yoki qandaydir kuchlar o‘z manfaatlari yo‘lida buni shunday qilib ko‘rsatmoqda.