TOShKENT, 8 okt — Sputnik. AQSh Saudiya Arabistonining Yamanda olib borayotgan siyosatini qo‘llab-quvvatlasada, unga cheksiz vakolat bermagan, dedi AQSh milliy Xavfsizlik qo‘mitasi vakili Ned Prays.
Kecha Saudiya Arabistoni Yaman poytaxti Sanada ko‘mish marosimida ketayutgan tinch aholini samolyotdan bombardimon qildi. Undan tashqari Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya Sanada yana besh nuqtaga zarba bergan. Oqibatda 213 kishi qurbon bo‘ldi.
"Biz bugun Yamandagi ko‘mish marosimiga berilgan zarba haqidagi xabarlardan jiddiy xavotirdamiz. Ular tasdiqlansa, Yamondagi muxolifatga qarshi olib borilayotgan o‘ta xavfli hujumlar tasdiqlanadi. Xavfsizlik sohasida AQSh va Saudiya Arabistoni hamkorligi — bu o‘ta jiddiy masala. Biz Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiyaga Yamanni yagona davlat sifatida saqlab qolish uchun yordam bergan taqdimizda ham, ushbu maqsadga erishish uchun ko‘rilayotgan choralardan xavotirdamiz", — dedi Prays.
"Bugun va yaqin kunlar orasida bo‘lib o‘tgan voqealardan keyin biz Saudiya Arabistoniga berilayotgan yordamimizni qayta tahlil qilib chiqib, AQSh tamoyil va qadriyatlariga mos kelishi uchun, unga o‘zgarishlar kiritishga tayormiz", — deb qo‘shimcha qildi Prays.
"Biz Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya va Yaman hukumatini hamda ularga qarshilik ko‘rsatayotgan Solih va xusitlardan 10-apreldagi shatnomaga asosan darhol jangovor harakatlarni bas qilishni so‘raymiz", — deb so‘zini yakunladi Prays.
Yaman poytaxti Sana muxolifat kuchlari bo‘lgan xusiylar nazorati ostida. Saudiya Arabistoni boshchiligidagi Koalitsiya 2015-yildan beri havo zarbalari berib kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Yamanda 2014-yildan buyon sobiq prezident Ali Abdulla Solih tarafdorlari bo‘lgan xusiy muxolifat kuchlari "Ansar Alla" va hozirgi prezident Mansur Xodi, hukumat qo‘shnlari va ularga yordam berayotgan Saudiya Arabistoni boshchiligidagi Koalitsiya ishtirokida qurolli to‘qnashuvlar davom etmoqda.
Eng so‘nggi olingan xabarlarga ko‘ra, bugun yakshanba kuni o‘n minglab kishilar Sanadagi BMT idorasi oldiga namoyishga chiqishgan. Ular shanba kuni Saudiya Arabistoni boshchiligidai koalitsiya tomonidan berilgan zarbaga nisbatan o‘z e’tirozlarini bildirib xalqaro tashkilotni faoliyatsizlikda ayblashmoqda.
#أنا_نازل مظاهرات تجوب شوارع العاصمة صنعاء تطالب برحيل المليشيات
— د/ عبدالرب اليافعي (@Abd_Yafei) 9 oktabrya 2016 g.
ومليشيا الحوثي تطلق الرصاص الحي على المدنيين pic.twitter.com/8GzAMJCwvv