TOShKENT, 8 okt — Sputnik. O‘zbekistonlik sportchilar umumjamoa hisobda birinchi o‘rinni egalladi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Dzudo federatsiyasi.
O‘zbekiston vakillari 6 oltin, 3 kumush va 11 bronza medal sohibi bo‘lishdi. Undan tashqari 12 nafar o‘zbekistonlik dzudochilar 5 — o‘rinni va yana 14 nafari esa 7 — o‘rinlarni egallashdi.
Medalar bo‘yicha ikkinchi o‘rin Qozog‘iston jamoasiga nasib bo‘ldi. Ular 3 oltin, 2 kumush va 5 bronza medallar sohibi bo‘lishdi.
Musobaqaning oxirgi kuni 90 kg vaznda Yaxyo Imomov va 100 kg gacha bo‘lgan vaznda Soib Qurbonovlar oltin medal sohibi bo‘lishdi.
Dzudo bo‘yicha Toshkent Gran-prisid 15 mamlakatdan 135 nafar sportchi ishtiroq etdi. Ularning har biri Xalqaro Dzudo federatsiyasi reytingida ballar to‘plash imkoniga ega bo‘lishdi.
Eslatib o‘tamiz, 2013-yilda O‘zbekiston Dzudo federatsiyasi 4 xalqaro turnir o‘tkazish bo‘yicha shartnoma imzolagan edi. Ushbu turnir bilan O‘DF o‘z majburiyatini to‘la-to‘kis yakunladi.