O‘zbek dzudochilari Gran-prining ilk kunida yettita medal olishdi

© Federatsiya Dzudo UzbekistanaO‘zbekiston terma jamoasi 56 nafar dzudochi bilan qatnashmoqda
O‘zbekiston terma jamoasi 56 nafar dzudochi bilan qatnashmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dzudo bo‘yicha Gran-pri musobaqalari poytaxtda to‘rtinchi bor o‘tkazilmoqda

TOShKENT, 7 okt — Sputnik. O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentda o‘tkazilayotgan dzudo bo‘yicha Gran-prining ilk kunidayoq 7ta: 1 oltin, 1 kumush va 5ta bronza medalini qo‘lga kiritdi, deb xabar beriladi O‘zbekiston dzudo federatsiyasi saytida.

Musobaqada O‘zbekistonning birinchi oltin medalini 60 kg vazndagi dzudochi Muhriddin Tilovov oldi. Final bahsida qozog‘istonlik Aygunim Tuitekovaga yutqazib qo‘ygan Diyora Keldiyorova (52 kg) kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Nodira Gulova va Muqaddas Kubeyeva (48 kg), Guloyim Jumaboyeva (52 kg), Sanobar Sultonova (57 kg), Sharofiddin Lutfillayev (60 kg) musobaqaning bronza medali sohiblariga aylanishdi.

Dzudo bo‘yicha Gran-pri musobaqalari poytaxtda to‘rtinchi bor o‘tkazilmoqda. Musobaqalarda dunyoning 15 mamlakatidan kelgan 140 nafar sportchi ishtirok etmoqda. O‘zbekiston terma jamoasi 56 nafar dzudochi bilan qatnashmoqda.

Yangiliklar lentasi
0