TOShKENT, 8 okt — Sputnik. Ro‘yxatning birinchi pog‘onasini Saudiya Arabistoni qiroli Abdulla ibn Abdul Aziz egallagan. Ikkinchi o‘ringa esa Misrning eng mo‘’tadil shiya ulamolaridan biri — shayx Muhammad al Toyyib munosib topilgan, deb xabar qiladi RIA Novosti.
Eng nufuzli musulmonlar reytingidan O‘zbekiston Respublikasi muftiysi Usmonxon Alimov ham o‘rin olgan. Usmonxon Alimov reytingning 138 pog‘onasi nasib qilgan. Ro‘yxatga, shuningdek, Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev, Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov, Tatariston prezidenti Rustam Minnixonov hamda Checheniston rahbari Ramzan Qodirovlar ham kiritilgan.
Dunyodagi eng nufuzli musulmonlar 500 taligi 2009-yildan beri e’lon qilib kelinadi.
O‘zbekiston Musulmonlar idorasi rasmiy sayti ma’lumotlariga ko‘ra, Usmonxon Alimov 1950-yil 1-yanvarda Samarqand viloyatida tug‘ilgan bo‘lib, 1982—83 yillarda Buxorodagi "Mir Arab" madrasasida, 1983—87 yillarda esa Toshkent islom institutida, 1989—90 yillarda Marokashdagi "Karavayin" universitetida tahsil olgan. 1987—2000 yillar davomida Payariq tumanidagi "Imom Buxoriy" masjidida imom-xatib, 2000-yildan esa O‘zbekiston Musulmonlar idorasining Samarqanddagi bosh vakili vazifasida faoliyat olib borgan. 2006-yil 8-avgust kuni esa Usmonxon Alimov O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy lavozimiga tayinlangan.