FJShMMI saylovoldi kampaniyasi monitoringini boshladi

© StringerO‘zbekiston bayrog‘i
O‘zbekiston bayrog‘i - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Monitoringning dastlabki va so‘nggi natijalari keng jamoatchilikka havola etiladi

TOShKENT, 8 okt — Sputnik. Fuqarolik jamiyati shakllanishi monitoringi bo‘yicha mustaqil Institut (FJShMMI) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini tayyorlash va o‘tkazish doirasida saylovoldi kampaniyasini monitoring qilish ishlarini boshlab yubordi.

O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov joriy yilning 2-sentabr kuni 78 yoshidan insult oqibatida olamdan o‘tgan edi. O‘zbekiston prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib Bosh vazir Shavkat Mirziyoyev tayinlandi. O‘zbekiston MSK 2016-yilning 4-dekabrida Prezident saylovi o‘tkazilishini e’lon qildi.

"Ushbu faoliyat davomida asosiy e’tibor saylov okruglari va uchastkalari, saylov komissiyalarini tashkil etish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligi uchun nomzodlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida imzolarni yig‘ish, nomzodlarni ilgari surish, saylovoldi tashviqotini olib borish jarayoniga qaratiladi. Eng so‘nggi bosqichda, FJShMMI mutaxassislari bevosita saylovning o‘tkazilishi va natijalarini aniqlashni qamrab olishadi. Monitoringning dastlabki va so‘nggi natijalari keng jamoatchilikka havola etiladi".

FJShMMI ma’lumotlariga ko‘ra, saylov qonunchiligini bajarish holati, O‘zbekiston Respublikasi saylov qonunchiligini amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha tavsiyalar aks etadi. Shu bilan birga, aholining saylov madaniyatini oshirish hamda saylov qonunchiligini keng jamoatchilik o‘rtasida muhokama qilish ishlari yo‘lga qo‘yiladi.

Saylov qutisi - Sputnik O‘zbekiston
Markaziy saylov komissiyasi xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilarni taklif qildi

"Monitoring milliy qonunchilik va xalqaro meyorlar negizida ishlab chiqilgan uslub bo‘yicha amalga oshiriladi. Bunda, YeXHT inson huquqlari va demokratik institutlar burosi (IHDIB) va xalqaro tashkilotlar hamda ichki kuzatuvchilarning tavsiyalari e’tiborga olingan edi", — deb ta’kidlashdi institut matbuot-xizmatida.

Eslatib o‘tamiz, mazkur Institut 2007 va 2015-yillardagi prezidentlik saylovi hamda 2009 va 2014-yillardagi parlament saylovida ham monitoring faoliyatini olib borgan. Uning natijalari jamoatchilik orasida keng muhokama qilinib, saylov qonunchiligi va xalqaro meyorlarni hayotga tatbiq etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan, OAVda saylov huquqlari va jarayonini tushuntirish, ularni amaliyotga joriy qilish borasida qator chiqishlar tashkil etilgan edi.

Bularning barchasi, Institut vakilining so‘zlariga ko‘ra, saylovoldi kampaniyasi demokratik tamoyillar va xalqaro meyorlar asosida o‘tkazishga, saylov jarayonining barcha bosqichida qonunchilik talablariga rioya etishni ta’minlashga imkon beradi.

Ovoz berish jarayoni - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda saylovchilar soni 2 milliondan oshadi
FJShMMI tomonidan 2015-yilgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligi uchun saylovlarda fuqarolik kuzatuvi amalga oshirilgani YeXHT IHDIB tomonidan qayd etilgan edi.

Ta’kidlash joizki, saylovlarni fuqarolik kuzatuvi O‘zbekiston fuqarolarining huquqlarini ta’minlash, davlat ishlarini olib borishda bevosita ishtirok etish, ovoz berish va haqiqiy demokratik saylovlarda saylanishiga imkon berishga qaratilgan jamoat nazoratining amaliy ko‘rinishidir.

FJShMMI faoliyati, aytish mumkinki, saylov jarayoni, fuqarolarning o‘z qarashlarini erkin ifoda etishining oshkora va shaffof bo‘lishi kafolatidir, — deya qayd etishdi Institut matbuot xizmatida.

Yangiliklar lentasi
0