Samarqandda saylovchilar soni 2 milliondan oshadi

© MUHAMMADSHARIF MAMATKULOV / AFP Ovoz berish jarayoni
Ovoz berish jarayoni - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Okrug saylov komissiyasi Samarqand viloyatida saylovchilar soni 2 mln. 373 ming 738 kishini tashkil etishini hisobga olib 1030 saylov uchastkasini tashkil qilish haqida qaror qabul qildi

TOShKENT, 6 okt – Sputnik. 3 oktabr kuni O‘zbekiston Prezidentligiga saylov bo‘yicha 7-Samarqand okrug saylov komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi nuz.uz. Unda okrug hududida saylov uchastkalarini tashkil etish hamda saylovlarning borishini yorituvchi ommaviy axborot vositalari xodimlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish masalalari ko‘rildi.

Komissiya raisi "O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida"gi qonunga ko‘ra saylov uchastkalari tumanlar, shaharlar, shahar tumanlari chegaralarini hisobga olgan holda saylovchilar uchun imkon qadar qulaylik yaratilgan holda shakllantirilishini bildirdi.

Okrug saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari Xudoyor Mamatov Samarqand va Kattaqo‘rg‘on shaharlari hokimiyatlari hamda 14ta tumanda ovoz berishni tashkil etish uchun har bir saylov uchastkasiga binolar ajratilganini ma’lum qildi.

O‘zbekistonda prezident saylovlari - Sputnik O‘zbekiston
Okrug saylov komissiyalarining birinchi majlislari bo‘lib o‘tdi

Okrug saylov komissiyasi Samarqand viloyatida saylovchilar soni 2 mln. 373 ming 738 kishini tashkil etishini hisobga olib 1030 saylov uchastkasini tashkil qilish haqida qaror qabul qildi. Eng ko‘p uchastka viloyat markazida – 164ta, tumanlardan esa Urgutda – 105ta saylov uchastkasi tashkil etildi.

Caylov komissiyasining qaroriga ko‘ra saylov uchastkalarining tartib raqami, qamrov hududi va manzillari ro‘yxati mahalliy matbuotda chop etiladi.

Toshev shuningdek, saylov komissiyasiga ommaviy axborot vositalari, axborot agentliklari va mustaqil jurnalistlardan akkreditatsiya borasida murojaatlar tushganligini bildirdi. Komissiya 80dan ortiq ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazish haqida qaror qabul qildi.

Yangiliklar lentasi
0