O‘zbekistonda Koreya madaniyati festivali bo‘lib o‘tadi

Obuna bo‘lish
Festival Toshkent, Samarqand va Buxoro shaharlarida o‘tkaziladi. Bayram mehmonlari badiiy filmlarni tomosha qilishlari, koreys musiqa jamoalarining ijodi bilan tanishishlari mumkin bo‘ladi

TOShKENT, 3 okt — Sputnik. O‘zbekistonda 2016-yilning 13—22 oktabr kunlari Koreya madaniyati festivali Korea Festival 2016 bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Koreya Respublikasining Toshkentdagi elchixonasi ma’lum qildi.

Diplomatik missiyaning ma’lum qilishicha, festival Toshkent, Samarqand va Buxoro shaharlarida o‘tkaziladi.

Festival Koreya respublikasi tashkil topgan kun – 12-oktabrda rasmiy qabul bilan boshlanadi.

Festivalni 13-oktabr kuni Koreya an’anaviy libosi «Xanbok» modalar namoyishi ochib beradi.

O‘zbekiston va Janubiy Koreya munosabatlariga doir infografika - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston - Koreya munosabatlari: iqtisod, savdo-sotiq va ta’lim

14 oktabr kuni Toshkentda Koreya Respublikasi elchisi kubogi uchun o‘smirlar o‘rtasida taekvondo bo‘yicha chempionat bo‘lib o‘tadi.

Festival doirasida 15-oktabr kuni Sookmyung Gayageum va B-boy orkestri ishtirokida Koreya fyujn musiqasi konserti bo‘lib o‘tadi.

2016 yil 17-oktabrida Toshkentda Koreya kinofestivali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Tomoshabinlar "Otamga qasida", "Detektiv K", "Himolay" va "Meni tutib ol" filmlarini tomosha qilishlari mumkin.

21 va 22-oktabrda poytaxtda mashhur rassom Li Jung Sopning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan musiqali teatr tomoshasi namoyish etiladi.

Elchixona vakillari tadbirlar 18—21 oktabr kunlari Samarqandda va 19—22 oktabrda Buxoroda bo‘lib o‘tishini bildirishdi

Korea Festival 2016 bilan bir qatorda Koreya respublikasi ta’lim markazi yil davomida turli madaniy tadbirlarni o‘tkazadi. Ular orasidan notiqlik san’ati, koreys tilida insho yozish, an’anaviy o‘yinlar, koreyscha qo‘shiqlar tanlovi, Koreyaning an’anaviy bayramlari bilan bog‘liq tadbirlar o‘rin olgan.

Yangiliklar lentasi
0