Rossiyada O‘zbekistondagi prezident saylovlariga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tdi

© Sputnik / / Igor PantinRossiyadagi O‘zbekiston elchixonasida prezident saylovlariga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tdi
Rossiyadagi O‘zbekiston elchixonasida prezident saylovlariga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tdi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Juma kuni Rossiyadagi O‘zbekiston elchixonasida O‘zbekistondagi prezident saylovlariga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni O‘zbekistonning Rossiyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Bahrom Ashrafxonov olib bordi

TOShKENT, 7 okt — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasida O‘zbekistonda 4-dekabrda o‘tkazilishi belgilangan prezident saylovlariga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Prezidenti saylovi uchun xorijda 44 ta saylov uchastkasi ochiladi
Yig‘ilish joriy yilning 2-sentabr kuni olamdan bevaqt ko‘z yumgan O‘zbekistonning Birinchi prezidenti xotirasiga hurmat bajo keltirish bilan boshlandi.

Brifingda so‘zga chiqqan O‘zbekistonning Rossiyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Ashrafxonov Bahrom Bohodirovich O‘zbekistonda Prezident saylovlari mamlakat Bosh Qomusi — Respublika Konstitutsiyasi va saylov to‘g‘risidagi qonunlarga muvofiq hamda xalqaro demokratik meyor va qoidalarga amal qilingan holda ochiqlik, oshkoralik sharoitida tashkil etilayotgani haqida ta’kidladi.

"O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga muvofiq saylov komissiyalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishni ochiq va oshkora amalga oshiradilar. O‘zbekiston Respublikasining ommaviy axborot vositalari saylovga tayyorgarlikning borishi va saylov qanday o‘tayotganligini yoritib boradilar", — deb ta’kidladi Bahrom Bahodirovich.

Elchi shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YeXHT) Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha burosi (DIIHB)ga, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasi (MDH Ijroiya qo‘mitasi)ga, Shanhay hamkorlik tashkiloti (ShHT)ga, Islom hamkorligi tashkiloti (IHT)ga va Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasi (BSOA)ga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining xalqaro kuzatuvida ishtirok etish uchun rasman taklifnomalar yuborganini aytib o‘tdi.

© SputnikO‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovlariga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tdi
Brifing, posvashenniy viboram v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovlariga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tdi

"Rossiya nomidan xalqaro kuzatuvchilar sifatida saylovlarda ishtirok etishga rozi bo‘lganligi uchun Rossiya Markaziy Saylov komissiyasi rahbariyatiga alohida minnatdorchilik bildiramiz", — deb ta’kidladi Bahrom Bahodirovich.

Yangiliklar lentasi
0