TOShKENT, 7 okt — Sputnik. Vladimir Putin o‘z tavallud ayyomini yaqinlari va do‘stlari davrasida nishonlaydi, deb xabar qildi RIA Novosti axborot agentligiga Rossiya prezidentining matbuot-kotibi Dmitriy Peskov.
Bugun, juma kuni Rossiya yetakchisi 64 yoshni qarshi olmoqda.
"Juma kuniga hech qanday ommaviy tadbirlar rejalashtirilmagan. Shu bilan birga, tabiiyki, xalqaro telefon qo‘ng‘iroqlari albatta, bo‘ladi, prezidentlardan tabriklar qabul qilinadi. Shu bois, u yoki bu davlat rahbari bilan davlatlaro munosabatlar muhokama qilinishi tabiiy. Hamisha shunday bo‘lib kelgan, faqatgina tabriklar bilan cheklanib qolinmaydi", — deya ta’kidladi Peskov.
Dmitriy Peskov, shuningdek, "Vladimir Putin o‘z tavallud ayyomini yaqinlari va do‘stlari davrasida nishonlashi" haqida qo‘shimcha qilgan.
Aytgancha, o‘tgan yil Vladimir Vladimirovich o‘zining tug‘ilgan kunini antiqa tarzda nishonlagan: u Sochida bo‘lib o‘tgan Oqshomgi gala-uchrashuvda ishtirok etgan. Rossiya prezidenti "Milliy Xokkey Ligasi yulduzlari" jamoasi safida maydonga tushib, raqib darvozasiga sakkizta gol kiritgan.