Toshkent militsiyasi maktab o‘quvchisini o‘g‘irlashga urinish holatini o‘rganmoqda

© StringerMilitsiya mashinasi
Militsiya mashinasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Voqea jarayoni tumanda o‘rnatilgan kuzatuv kameralaridan birida qayd etilgani ham ma’lum bo‘ldi

TOShKENT, 6 okt — Sputnik. Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi Sergeli tumanida yuz bergan maktab o‘quvchisini o‘g‘irlashga urinish holatini va bu holatga nisbatan mahalliy huquq tartibot xodimlarining loqayd munosabatlarini o‘rganmoqda, deb xabar beradi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Bolaning otasi Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi guruhlardan birida ma’lum qilishicha, ish oldinga siljigan, unga Toshkent shahar IIBBdan qo‘ng‘iroq qilishgan va sodir bo‘lgan holat haqida ariza yozib berishini so‘rashgan.

"IIBBda biz bilan tuman IIBning qaysi xodimi qanday muomala qilganligini va arizamizni qabul qilishni istashmagani haqida yozib berishimizni so‘rashdi. Biz bo‘lgan voqeani batafsil yozib berdik", — deydi bolaning otasi.

O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar xodimi ish jarayonida - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda jinoyatchi maktab o‘quvchisini o‘g‘irlab qochishga urindi

Mahalliy huquq tartibot xodimlari ham harakatga tushishdi. Ular bola hamda ota-onasini maktabga taklif etishdi va tergov eksperimentini o‘tkazishdi. Unda o‘quvchi jinoyatchi uni qayerga olib ketganini ko‘rsatib berdi. Shuningdek, voqea jarayoni tumanda o‘rnatilgan kuzatuv kameralaridan birida qayd etilgani ham ma’lum bo‘ldi. Afsuski, jinoyatchining yuzini aniqlashning imkoni bo‘lmadi, lekin militsiya xodimlari uning soch turmagi, gavda tuzilishi va xatti-harakatlari haqida ma’lumotga ega bo‘ldilar.

Eksperimentda o‘g‘li bilan xuddi shunday holat yuz bergan yana bir ayol ham qatnashdi. Bu holatda jinoyatchi bolaning telefonini olgan va uni ko‘chada aylantirib yurgan. Bolaning otasi ijtimoiy tarmoq orqali yana bir guvohni topdi. U kuzatuv kamerasiga tushib qolgan shaxsni bir qizga po‘pisa qilayotganida ko‘rganligini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, ilgariroq o‘zbek internetida noma’lum shaxs Sergeli tumanidagi 301-maktabning 4-sinf o‘quvchisini o‘g‘irlashga uringani, tuman huquq tartibot xodimlari esa bu holatga befarq qaraganliklari haqidagi xabar shov-shuvga aylangandi.

Sputnik muxbirlari voqealar rivojini kuzatib borishadi.

Yangiliklar lentasi
0