Jamiyat

Sergelidagi yangi metroning loyihasi suratlari paydo boʻldi

© Sputnik / / StringerYangi metro loyihasi
Yangi metro loyihasi - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Sergeli tumanidagi yer usti metrosi oltita bekatni oʻz ichiga oladi

TOSHKENT, 5 okt — Sputnik. Sputnik muxbirlari qurilishi joriy yildan boshlanishi rejalashtirilgan Toshkentning Sergeli tumanidagi yer usti metrosi loyihasining suratlari bilan tanishishdi.

Loyiha suratlariga koʻra, bu xay-tek uslubida temir, oyna va plastiklardan foydalanib bitkazilgan ajoyib loyiha boʻladi. Yoʻlovchilar va piyodalarning xavfsizligini taʼminlash maqsadida bekatlar yoʻl sathidan olti metr balandlikda joylashadi.

© Sputnik / / StringerYangi metro liniyasi loyihasi surati
Yangi metro liniyasi loyihasi surati - Sputnik Oʻzbekiston
Yangi metro liniyasi loyihasi surati

Muxbirlar qoʻlidagi loyiha "Oʻzgarish" bekatiga tegishli boʻlib, undan tashqari yana beshta bekat quriladi — ularning ayrimlari loyihaviy nomga ega — "Choshtepa", "Doʻstlik", "Sergeli". Yangi yoʻlning uzunligi sakkiz kilometrdan ziyod boʻladi. Dastlabki hisob-kitoblarga qaraganda, loyihani amalga oshirish uchun toʻrt yil sarflanadi.

Toshkent metrosining yangilangan poyezdi - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Sergeli metrosining qurilishi joriy yildan boshlanadi

Eslatib oʻtamiz, poytaxt metropolitenini istiqbolda rivojlantirish loyihasida 30ta yangi bekat qurilishi, jumladan Oʻzbekiston yoʻlining Qoʻyliq bozoriga qadar va Chilonzor yoʻlining Qorasuv dahasi tomon davom ettirilishi koʻzda tutilgan.

Bundan tashqari, shaharning faol rivojlanayotgan tumanlarini ham qamrab olishi kutilayotgan metropolitenning yangi liniyalarini tashkil etish ham rejalashtirilgan. Masalan, toʻqqizta bekatdan iborat boʻlgan yangi yoʻllardan biri "Ippodrom"dan Algoritm massivi, Chilonzordagi 30-31-kvartallar, "Oʻrikzor" bozori orqali Qoraqamish massiviga boradi.

Yangiliklar lentasi
0