Shomahmudovlar oilasiga qo‘yilgan haykal Toshkent chekkasida qoladigan bo‘ldi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishXalqlar do‘stligi monumenti
Xalqlar do‘stligi monumenti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekistonga evakuatsiya qilingan bir necha ming boladan 15 nafarini asrab olgan temirchi Shoahmad Shomahmudov va uning turmush o‘rtog‘i Bahri Ahmedova xotirasiga 1982-yilda Toshkentdagi Xalqlar Do‘stligi saroyi oldidagi maydonga yodgorlik o‘rnatilgan edi

TOShKENT, 6 okt — Sputnik. 2008-yil bahorida xalqlar do‘stligi timsoli bo‘lgan haykal shahar chetiga ko‘chirilgan edi. Sputnik O‘zbekiston muxbirining xabariga ko‘ra, bir vaqtlar Toshkent markazida turgan Shomahmudovlar oilasiga qo‘yilgan haykal boshqa joyga ko‘chirilmaydi, shahar chetida qoladi.

Ma’lum bo‘lishicha, yodgorlikning shahar markaziga qayta ko‘chirilishi taklifi bilan o‘zbekistonliklarning biri mamlakat Bosh vazirining virtual qabulxonasiga murojaat qilgan. Bugungi kunda yodgorlikning tashqi ko‘rinishi unchalik xavas qilarlik darajadamas, qolaversa, ziyorat qilish uchun noqulay joy — "Ippodrom" bozoridan Toshkentga kiraverishda joylashgan.

"Men o‘z vatanim — O‘zbekistonim bilan cheksiz faxrlanaman, u jahon sahnasida ulkan muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, o‘zbek xalqi bilan ham faxrlanaman — uning mehmondo‘stligi va saxovati haqida butun dunyo biladi. Toshkent go‘zal tarixiy obidalarga boy. Shomahmudolar oilasiga qo‘yilgan haykal bugun Toshkent shahri chekkasidan o‘rin olgan. Suratda ko‘rinib turibdiki, bu joy — katta ahamiyat kasb etadigan haykal uchun munosib emas. Haykal ko‘chirib o‘tkazilishi lozim bo‘lgan ehtimoliy joylarni e’tiboringizga havola qilmoqchiman: 1. Bunyodkor maydoni (avvalgi joyi). 2. Mirzo Ulug‘bek va Buyuk Ipak Yo‘li kesishmasi", — deb yozgan o‘z murojaatida taklif muallifi.

Oddiy xalq orasida "Shomahmudovlar oilasiga qo‘yilgan haykal" deb ataluvchi Xalqlar Do‘stligi yodgorligi o‘zbek xalqining bag‘rikengligi va muhabbati ramzi hisoblangan. Yodgorlik Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekistonga evakuatsiya qilingan bir necha ming boladan 15 nafarini asrab olgan temirchi Shoahmad Shomahmudov va uning turmush o‘rtog‘i Bahri Ahmedova xotirasiga 1982-yilda Toshkentdagi Xalqlar Do‘stligi saroyi oldidagi maydonda o‘rnatilgan edi.

Kreml devori yonidagi Noma’lum askar qabri. - Sputnik O‘zbekiston
Moskva tarixiy yodgorliklarni saqlashda Toshkentga yordam bermoqchi
Endi ma’lum bo‘lishicha, yodgorlik kelgusida ham hozirgi o‘rin olgan joyida qolishi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Bosh vazir qabulxonasiga murojaat qilgan o‘zbekistonlikka Madaniyat va sport ishlari vazirligi qoshidagi inspeksiya vakillari ma’lum qilganlar.

Inspeksiya xodimlarining so‘zlariga qaraganda, haykal yaxshi ahvoldamas, shu bois, yana bir marta ko‘chirilib o‘tkaziladigan bo‘lsa, unga ziyon yetishi mumkin. Birinchi demontaj vaqtida bir bolakay yo‘qotilganligi ta’kidlangan.

Xullas, poytaxt hukumati monument hozirgi joyida qoldirilishini aytib, shu bilan birga uning atrofidagi hududni obodonlashtirishga va’da berganlar.

Yangiliklar lentasi
0