TOShKENT, 23 dek — Sputnik. Rossiya O‘zbekistondagi Ikkinchi Jahon urushiga doir tarixiy yodgorliklarni saqlab qolishni rejalashtirapti. Moskva bu borada Toshkent bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqchi, dedi Rossotrudnichestvo vakili Sputnik muxbiriga.
Respublika hududida, xuddi Rossiyada kabi ikki mamlakatning umumiy tarixiga doir yodgorliklar juda ko‘p. Ikkinchi jahon urushi qahramonlari va askarlariga qo‘yilgan haykallar, xotira maydonlari, front jangchilari yodgorligi…
“Xalqlarimiz ko‘rsatgan jasorat xotiralardan o‘chib ketmasligi uchun harbiy yodgorliklarni saqlab qolish muammosini ko‘tarishga ahd qildik. Bunday muammo haqiqatda Rossiyada kabi O‘zbekistonda ham bo‘lishi mumkin, deydi Rossiya fan va madaniyat markazi vakili.
Muassasa vakilining so‘zlariga qaraganda, yodgorliklarning ayrimlari vaqt o‘tishi bilan o‘z-o‘zidan buzilayotgan bo‘lsa, ba’zilarini, afsuski, buzishmoqda.
Ikki tomonlama hamkorlik haqida hujjatlar qabul qilinishi ko‘plab tarixiy harbiy yodgorliklarni saqlab qolish, kerak bo‘lsa ularni tiklash imkonini beradi, hisoblaydi agentlik vakili.
2016 yilning aprelida Toshkentda ushbu mavzuga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tishi rejaga kiritilgan.
Rossiya ko‘pgina sobiq Ittifoq davlatlari bilan tarixiy yodgorliklarni asrash borasida hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Ba’zilari bilan ikkiyoqlama shartnomalar imzolangan.
O‘zbekiston hududining deyarli har bir viloyatida Noma’lum askar qabri, Xotira maydoni kabi Ikkinchi jahon urushi xotirasiga bag‘ishlangan yodgorliklar ko‘plab topiladi. 2015-yilning aprelida Qoraqalpog‘istonning Nukus shahrida pravoslavlar qabristonida O‘zbekistondagi Rossiya elchixonasi tomonidan sobiq Ittifoq qahramoni, Ikkinchi jahon urushida Kursk uchun jang qilgan Sarayev xotirasiga yodgorlik o‘rnatilgan edi.