AQSh va 40dan ziyod mamlakatlar zarba beruvchi dronlar ekporti to‘g‘risida bayonnoma imzoladilar

© elinoraltman.blogspotHAROP - Isroilda ishlab chiqarilgan zarba beruvchi dron
HAROP - Isroilda ishlab chiqarilgan zarba beruvchi dron - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bayonnomaga muvofiq, hujjatga imzo chekkan davlatlar uchuvchisiz qurilmalardan noqonuniy kuzatish va noqonuniy kuch ishlatish maqsadida foydalanishdan to‘liq voz kechadilar

TOShKENT, 6 okt — Sputnik. AQSh va yana 40dan ziyod mamlakatlar chorshanba kuni zarba beruvchi uchuvchisiz harakatlanuvchi apparatlarning ekport tamoyillari to‘g‘risida bayonnomani tarqatdilar, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Uchuvchisiz parvoz qurilmasi - Sputnik O‘zbekiston
Dronlar o‘zbek amaldorlariga nega manzur bo‘lmay qoldi?
"Zarba berish xususiyati bilan boyitilgan uchuvchisiz harakatlanuvchi qurilmalardan noto‘g‘ri maqsadlardan foydalanish mojaro va nostabillashuvga sabab bo‘lishi hamda terrorchilik va uyushgan jinoyatchilikka yordam berishi mumkinligini tan olgan holda, ushbu tizimlardan foydalanish va eksport qilishdan mas’uliyat bilan yondashuvga erishish maqsadida xalqaro hamjamiyat ochiqlikka asoslangan chora-tadbirlarni qabul qilmog‘i lozim", — deyiladi davlatlarning qo‘shma bayonotida. Bu haqda AQSh Davlat departamenti ma’lum qilgan.

Deklaratsiyani imzolaganlar orasida — harbiy dronlarni ishlab chiqaruvchi eng yirik davlatlar bor: bular AQSh, Buyuk Britaniya va Germaniya. Rossiya Shimoliy Koreya singari ushbu bayonnomada ishtirok etmayapti. Harbiy dronlarni ko‘p miqdorda ishlab chiqaruvchi — Isroil davlati ham bonnomani imzolashdan bosh tortgan.

Bayonnomada ta’kidlanishicha, zarba beruvchi uchuvchisiz harakatlanuvchi qurilmalar savdosi, transferi va ulardan  foydalanish standartlarini mustahkamlash joiz. Negaki, ayni vaqtda bu qoidalar muayan vaziyatdan kelib chiqqan holda tartibga solinayotgani aytib o‘tilgan.

Uchuvchisiz uchar qurilma - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda dronlar ro‘yxatdan o‘tkaziladi
Xususan, memorandumga ko‘ra, import bilan shug‘ullanuvchi mamlakatlar uchuvchisiz harakatlanadigan qurilmalardan "to‘g‘ri" foydalanish kafolatlarini berishi lozim. Qurilmalar savdosida tuziladigan har bir shartnomada esa ulardan foydalanish qoidalari ko‘rsatilib o‘tilmog‘i kerak.

Uchuvchisiz harakatlanuvchi qurilmalardan foydalanish esa xalqaro insonparvarlik haq-huquqlari, harbiy kuchdan foydalanish to‘g‘risidagi xalqaro qonunchilikka muvofiq kelishi lozim. Bayonnomaga muvofiq, hujjatga imzo chekkan davlatlar uchuvchisiz qurilmalardan noqonuniy kuzatish va noqonuniy kuch ishlatish maqsadida foydalanishdan to‘liq voz kechadilar.

AQSh ko‘p yillar mobaynida Pokiston, Afg‘oniston, Suriya, Yaman, Somali va boshqa davlatlarda harbiy dronlardan terrorchilarga zarba berish maqsadida foydalanib keladi.

Yangiliklar lentasi
0