AQSh Afg‘onistonga 492 ta zirhlangan yo‘ltanlamaslarni yetkazib berdi

Obuna bo‘lish
Khaama agentligi xabariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Afg‘onistonga, shuningdek, 80 ming dona qurol-aslahalar, jumladan avtomatlarni yuborishni mo‘ljallamoqda

TOShKENT, 6 okt — Sputnik. Afg‘oniston Ichki ishlar vazirligi AQShdan 492ta Humvee rusumidagi yo‘ltanlamaslarni qabul qilib olgani haqida axborot berdi. Texnikaning teng yarmi politsiya bo‘linmalariga yetkazilgan, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Afg‘onistan, Qunduz shahri - Sputnik O‘zbekiston
Tolibon Qunduzni egallab oldi
Afg‘oniston IIV vakili Murtoza Rahimiyning ma’lum qilishicha, trasportlarning qolgan qismi ham yaqin kelajakda huquqni muhofaza qilish bo‘linmalari ixtiyoriga topshiriladi. Vazirlik bayonotida aytilishicha, harbiy texnikalarni qabul qilib olish Afg‘onistonda NATO tomonidan amalga oshirilayotgan "Qat’iy ko‘mak" missiyasi doirasida amalga oshirilgan. Missiya tomonidan ko‘zlangan maqsadlardan biri Afg‘oniston milliy politsiyachilarini zamonaviy harbiy transport bilan ta’minlashdir.

Khaama agentligi xabariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Afg‘onistonga, shuningdek, 80 ming dona qurol-aslahalar, jumladan, avtomatlashtirilgan miltiqlarni yuborishni mo‘ljallagan.

Afg‘onistondagi vaziyat so‘nggi oylarda keskin yomonlashgan. Avvaliga mamlakatning chet qishloqlarida bo‘y cho‘zgan radikal "Tolibon" jangarilari endilikda yirik shaharlarga hujumga o‘tmoqda. Shuningdek, keyingi vaqtlarda mamlakat hududida "Islom davlati" ta’siri ham keskin ortgan.

Yangiliklar lentasi
0