Ona Vatan qay hollarda o‘z "farzand"laridan voz kechishi mumkin?

© Sputnik / Aleksey TixomirovO‘zbek pasporti
O‘zbek pasporti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yaqinda qabul qilingan “Fuqarolik haqida”gi qonunda O‘zbekiston fuqarosi qanday hollarda fuqarolikdan mahrum bo‘lishi mumkinligi belgilangan.

TOShKENT, 6 okt — Sputnik. Sentabr oxirida "O‘zbekiston fuqaroligi haqida"gi qonun kuchga kirdi. Unda O‘zbkiston fuqarolari qanday hollarda fuqarolikdan mahrum qilinishi mumkin va o‘zga fuqarolikini qabul qilganda O‘zbekiston fuqaroligidan voz kechish tartibi belgilangan.

Qonunga ko‘ra, O‘zbekiston fuqaroligini yo‘qotish uchun beshta asos bor:

 1.  O‘zbekiston fuqarosi o‘zga davlat xizmatiga kirsa

 2.  Doimiy chet davlatda yashayotgan shaxs, uch yil mobaynida, asossiz konsullik hisobida turmasa

 3.  O‘zbekiston fuqaroligi yolg‘on ma’lumotlar yoki hujjatlar berish natijasida olingan bo‘lsa

 4.  Fuqaro o‘zga mamlakat foydasiga ishlab o‘z mamlakatiga katta ziyon yetkizsa

 5.  O‘zga mamlakat fuqaroligini qabul qilsa

O‘zbekiston qonunchiligi ikki fuqarolikni qabul qilmaydi, agar fuqaro o‘zga mamlakat fuqaroligini qabul qilsa u avtomatik ravishda O‘zbekiston fuqaroligidan mahrum qilinadi.

Ushbu qonun qabul qilinmasdan oldin o‘zga mamlakat fuqaroligini qabul qilgan O‘zbekiston fuqarosi arizasiga prezident imzo chekishi kerak bo‘lar va odatda ushbu jarayon uzoq cho‘zilib ketardi. Bu borada qabul qilingan yangi chora ko‘p muammolarni hal qiladi va ushbu jarayonni osonlashtiradi.

O‘zbekiston fuqarosi pasporti - Sputnik O‘zbekiston
Diqqat: O‘zbekiston fuqaroligidan mahrum bo‘lish hollariga oydinlik kiritildi

MDH institutining O‘rta Osiyo va Qozog‘iston bo‘limi rahbari Andrey Grozinning fikriga ko‘ra, O‘zbekistondan boshqa mamlakatlarga migratsiya oqimi kuchli, shuning uchun ham hukumatga fuqarolik sohasida tartib o‘rnatuvchi va o‘z fuqarolarini ro‘yxatga oluvchi tizim kerak.

Sobiq Ittifoq hududida fuqarolikdan mahrum qilish bo‘yicha O‘zbekiston qonunlari — eng qattiqqo‘l qonunlardan biri. Sputnik Uzbekiston MDHning boshqa mamalkatlarida qanday hollarda fuqarolikdan mahrum bo‘lish mumkinligi bilan qiziqdi.

Rossiya, Ukraina, Belorussiya, Litva, Gruziya, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va Estoniya konstitutsiya va qonunlarida — ushbu mamlakatlarda tug‘ilib o‘sgan kishi fuqarolikdan mahrum qilinishi mumkin emas deb yozilgan. Buni tushunsa bo‘ladi, mehribon ona o‘zi katta qilgan bolasidan voz kechmaydiku, hatto u biroz xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa ham.

Moldova, Armaniston va Latviya o‘z fuqarolarin fuqarolikdan mahrum qilishi mumkin ekan. Armaniston va Latviyada ham — ikkinchi mamlakat fuqaroligini olish — mamlakat fuqaroligidan mahrum bo‘lishga teng. Latviya Yevropa Ittifoqida bo‘lgani uchun ayrim hollarda fuqarolarga ikki mamlakat fuqarosi bo‘lishga ruxsat beriladi.

Moldovada esa — chet el qurolli kuchlari safiga kirgani yoki og‘ir jinoyat sodir etganligi uchun fuqarolikdan mahrum bo‘lish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0