O‘zbekiston mahsulotining 20% - import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishSovutgich ishlab chiqarish
Sovutgich ishlab chiqarish - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Iqtisodiyot vazirligixabariga ko‘ra, import o‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarish sohasida 15-yil davomida umumiy qiymati 5,5 mlrd dollar bo‘lgan 2,8 ming loyiha amalga oshirildi.

TOShKENT, 6 okt — Sputnik. Respublikada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning 20% dan ortig‘i import o‘rinini bosuvchi mahsulotlar, deb xabar qilmoqda "Novosti Uzbekistana" portali Iqtisodiyot vazirligi xabariga asosan.

Muassasa xabariga ko‘ra, oxirgi 15-yil davomida umumiy qiymati 5,5 mlrd dollar bo‘lgan 2,8 ming loyiha amalga oshirildi. 4,8 ming xil yangi mahsuloti ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

Shunday mahsulotlar qatoriga neft va gaz sohasi uskunalari, avtomobil dvigatellari, samosval va kranlar, texnologik moslamalar, oziq-ovqat sohsi uchun kichik asbob uskunalar, elektr dvigatellari, yuqori texnologiyali kabel-o‘tkazgich mahsulotlari, sport mollari, maishiy texnika, energiya tejovchi yoritish uskunalari, qurilish va pardoz materiallari, to‘qimachilik va charm-oyoq kiym mahsulotlari va boshqalar.

2014 — 2015-yillarda lokalizatsiya natijasia 97 xil mahsulotlarni import qilish to‘xtatildi.

Mahsulotni lokalizatsiya qilishni chuqurlashtirish jahonning texnologik yetakchilari bilan birgalikda olib borilmoqda. Ular orasida MAN, SAMSUNG, Toshiba, LG, va ZTE kompaniyalari bor.

Svetodiodli chiroqlar sexi. - Sputnik O‘zbekiston
Jizzaxda energiya ehtiyot qiluvchi chiroqlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi

Dastlab import o‘rinin bosish uchun yaratilgan mahsulotlarning 52 xili bugungi kunda eksport qilinmoqda. Ular orasida bir va ikki kamerali sovutgichlar, energiya tejovchi sanoat svetodiod lampalari, tibbiy shisha trubkalari, vulkanizatsiya qilingan rezinadan ishlab chiqarilayotgan profillar, kosmetika va boshqa mahsulotlar.

Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni lokalizatsiya qilish, 2015 — 2019-yilgi dasturi doirasida 600dan ortiq loyihalar amalga oshirilgan. 1225 xil import o‘rnini bosuvchi va eksportga mo‘ljallangan mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.

2014 yilga qadar O‘zbekiston korxonalarida televizorlar katta bo‘laklardan (SMD) jamlanar edi, lokalizatsiya darajasi 35% ni tashkil qilar edi. Bugungi kunda ushbu ko‘rsatkich 40% ga yetkizilgan. Yetakchi chet el korxonalari bilan birgalikda, yangi turdagi televizorlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirish va lokalizatsiya darajasini 50% gacha yetkizishga kelishib olindi.
Iqtisodiyot vazirligi rejasiga ko‘ra, lokalizatsiya qilish dasturi sohalararo kooperatsiyani kengaytirish va chuqurlashtirish 3-4 bosqichdan iborat bo‘ladi: asosiy xom-ashyo — dastlabki ishlov berish (yarim tayyor mahsulot) — sanoat uchun tayyor mahsulot — iste’molchi uchun tayyor mahsulot.

Yangiliklar lentasi
0