TOShKENT, 6 okt — Sputnik. O‘zbekiston delegatsiyasi Afg‘onistonga bag‘ishlangan xalqaro anjumanda qatnashdi, deb xabar qildi Tashqi ishlar vazirligi.
"Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Brusselda Afg‘onistonga bag‘ishlangan xalqaro anjumanda qatnashdi", — deyilgan xabarda.
"Rivojlanish va tinchlik yo‘lida hamkorlik" forumida 100dan ortiq mamlakatlar vakillari qatnashishdi. Jumladan Afg‘oniston bilan qo‘shni bo‘lgan mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar rahbarlari ham ishtirok etishdi.
Eslatib o‘tamiz, sentabr oxirida Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan BMT Bosh assambleyasida, so‘zga chiqqan Kamilov, Afg‘onistonga yordam berishni o‘z bo‘yniga olgan davlatlar va xalqaro tashkilotlar o‘z majburiyatlarini bajarishi muhim ekanini xabar qilgan edi. Kamilovning fikriga ko‘ra, Afg‘onistonda mamlakatdagi iqtisodiy-ijtimoiy holatni yaxshilash, aholi hayot darajasini ko‘tarish va ma’rifat sohasiga e’tibor berish kerak.
Oxirgi kunlarda Afg‘onistonda Tolibon harakati mamalkat shimolidagi Qunduz shahrini egallab olgani va ushbu hududda ijtimoiyvaziyat keskin yomonlashgani haqida tashvishli xabarlar kelmoqda.