TOShKENT, 30 sen — Sputnik. Rossiyada taqiqlangan jinoiy uyushma bo‘lmish "Islom davlati"ni Afg‘oniston qiziqtirmaydi, ularning niyati Markaziy Osiyoga kirib olish, deb ta’kidladi RIA Novostiga bergan intervyusida Rossiya TIV rahbari o‘rinbosari Oleg Siromolotov.
"Ha, "ID" jangarilari bu davlatga (Afg‘onistonga, tahr.) kirib borishga harakat qilishmoqda, lekin u yerning xususiyati boshqa", — dedi u.
"Islom davlati" jangarilari Afg‘onistonga kirib kelib, Afg‘oniston ularga umuman qiziq emasligi haqida bong urishmoqda. Chunki ularni daryo ortidagi Markaziy Osiyo ko‘proq qiziqtiradi. Nega? Chunki, ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, "ID"ning 50-60%gacha jangarilari — bu Markaziy Osiyo, Shimoliy Kavkaz fuqarolaridir. Tabiiyki, ular yanada kengroq hududlarga kirib borishni istashadi. Ammo hozircha ular yetarlicha salohiyatga ega emas", — qo‘shimcha qildi Siromolotov.
Rossiya TIV rahbari o‘rinbosari so‘zlariga ko‘ra, hozirda Afg‘onistonda bir-biriga qarshi ikki terrorchi guruh faoliyat olib bormoqda — bular "ID" va "Tolibon"dir.
Siromolotovning so‘zlariga qaraganda, ilgari "Islom davlati" o‘z qatoriga toliblarni jalb qilishi mumkin bo‘lgan, "ammo asta-sekin pullar oqimi pasayib bormoqda, tabiiyki, shu bois terrorchilik uyushmasi jozibasi ham ancha xiralashgan…"