2015 yilda 800 mingga yaqin o‘zbekistonlik turist Rossiyaga kelgan

© Sputnik / Anatoliy Sergeyev-Vasilyev / Mediabankka o‘tishQizil Maydondagi turistlar
Qizil Maydondagi turistlar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Har yili 27-sentabrda Butunjahon turizm kuni nishonlanadi

TOShKENT, 27 sen — Sputnik. 2015 yil yakunlariga ko‘ra Rossiyaga turistlar tashrif buyurishi bo‘yicha O‘zbekiston dastlabki o‘nlikdan joy oldi.

Rosturizmning bergan ma’lumotiga qaraganda, Rossiyaga 2015-yilda turizm maqsadida 27 million kishi kelgan bo‘lib, birinchi o‘rinni Ukraina (8,9 million kishi), ikkinchi o‘rinni Qozog‘iston (4,7 million), uchinchi o‘rinni Polsha (1,7 million) fuqarolari egalladi.

Rossiyaga eng ko‘p turist kelgan davlatlar o‘nligidan, shuningdek Finlyandiya (1,4 million), Xitoy (1,1 million), Ozarbayjon (856 ming), O‘zbekiston (797 ming), Germaniya (553 ming), Armaniston (552 ming), Moldaviya (491 ming) joy olgan.

O‘zbekistonda turizmning yangi yo‘nalishi yaratilmoqda

Butunjahon turistik tashkilotining ma’lumotiga ko‘ra, Rossiya 2015-yilda eng ko‘p turist tashrif buyuradigan mamlakatlar reytingida o‘ninchi o‘rinni egalladi.
Bu borada birinchi o‘rin Fransiyaga (86,3 million kishi), keyingi o‘rinlar AQSh (77,9 million), Ispaniya (68,1 million), Xitoy (56,9 million) va Italiyaga (50,8 million) tegishli.

Har yili 27-sentabrda Butunjahon turizm kuni nishonlanadi. Ushbu kun 1979-yilda Bosh Assambleya tomonidan ta’sis etilgan. Mazkur kunning tanlanishiga esa 1970-yilning 27-sentabrida Butunjahon turizm tashkilotining ustavi qabul qilinishi sabab bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0