O‘zbekistonda bir yilda 430dan ortiq kishiga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi

© fotoliaOdil sud ramzi
Odil sud ramzi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Keyingi 15-yil davomida yarashuv institutining va jazoni yengillashtirishning joriy etilishi tufayli O‘zbekistonda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilinganlar soni 20,9%ga kamaydi

TOShKENT, 5 okt – Sputnik. 2015-yil avgustida ozodlikni cheklash tariqasidagi yangi jazo turi kiritilganidan buyon o‘tgan vaqt davomida 431 nafar kishiga nisbatan ushbu jazo qo‘llanildi, deb ma’lum qildi jurnalistlarga  Oliy sud rayosati a’zosi, Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi vazifasini bajaruvchi Olim Hayitov.

"O‘tgan davr mobaynida 431 nafar O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan mazkur jazo (ozodlikni cheklash– tah.) qo‘llanildi, sudlar tomonidan o‘z vakolatlari doirasida jazoni imkon boricha yengillashtirishga qaratilgan choralar ko‘rilmoqda", — dedi Hayitov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, keyingi 15-yil davomida avvalo yarashuv institutining va jazoni yengillashtirishning joriy etilishi tufayli O‘zbekistonda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilinganlar soni 20,9%ga kamaydi.

"Shu bilan birga ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni ijro etish texnik jihozlashni talab qiladi. Shuning uchun oliy sud jazoni ijro etish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplashni ushbu jazoga mahkum etilganlar zimmasiga yuklash imkoniyatini ko‘rib chiqishni taklif etadi", — dedi Olim Hayitov.

Adolat va qonun ramzi - Sputnik O‘zbekiston
Koreya jurnali O‘zbekistondagi sud-huquq islohotlari haqida maqola chop etdi

“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 2015-yil 10-avgustdagi Qonuni asosida ozodlikni cheklash tariqasidagi jazo Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan jazo tizimiga kiritildi.

Ozodlikni cheklash jazosi — sud tomonidan mahkumga nisbatan yashash joyini u yoki bu sabab bilan tark etishni butunlay ta’qiqlashdan yoki sutkaning muayan vaqtida yashash joyidan chiqishni cheklashdan iborat bo‘lib, faqat asosiy jazo sifatida qo‘llaniladi.

Ozodlikni cheklash olti oydan besh yilgacha muddatga tayinlanadi hamda sud tomonidan belgilanadigan organlar nazorati ostida o‘taladi. Ozodlikni cheklash harbiy xizmatchilar, chet el fuqarolari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarga nisbatan tayinlanmaydi.

Yangiliklar lentasi
0