TOShKENT, 11 avg — Sputnik. Toshkentning Yunusobod tumanida, kuni kecha kechki soat 18:30lar chamasida bir yo‘la to‘rtta avtomobil ishtirokida dahshatli avariya sodir bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Nexia, Mazda, Lacetti va Spark rusumidagi avtomobillar ishtirokidaavariya sodir etildi, deb xabar qildi muxbir. Fojia sababchisini aniqlashga kelganda, guvohlarning fikrlari bir joydan chiqmadi. Kimlardir avtohalokatning bosh sababchisi Lacetti avtomobili sohibi, deya ta’kidladi. Odamlarning fikricha aynan u juda katta tezlikda harakatlangan va boshqaruvni qo‘ldan chiqargan.
Boshqa guvohlarning fikricha esa Mazda avtomobili rulida bo‘lgan qiz ta’qiqlangan manyovrlarning birini amalga oshirishga uringan — belgilanmagan joyda avtomobilni burmoqchi bo‘lgan va bu bilan avariyani yuzaga keltirgan.
Yo‘l harakati havfsizligi boshqarmasi xodimlari ro‘y bergan YTH borasida hech qanday izoh bermayaptilar. Shu bois, avariya yuzaga kelishi sababi hozircha noma’lum.
Afsuski, YTH oqibatida yosh bolacha jabrlangan.
"Nafaqat yigit (Lacetti haydovchisi) balki Spark mashinasida bo‘lgan yosh bolacha ham jabrlandi. Go‘dak avtomobilning orqa o‘rindig‘ida o‘tirgan edi, avariyadan keyin u butkul qonga belandi. Lacetti haydovchisi aybdor, u go‘yo shamolday tezlikda kelayotgan edi. Keyin bizni, ya’ni "Nexia" avtomobilimizni turtib o‘tdi va "Spark"ka borib urildi, keyin "Mazdaga…Tezlikni oshirishni bas qiling!!! Axir bundan faqatgina poygachi-haydovchilargina emas, balki boshqa odamlar ham jabr ko‘rmoqda! Eng asosiysi — bolalar jabrlanmoqda!!! Axir u bolacha hali juda yosh edi!", — deb yozgan ijtimoiy tarmoqlarda avariyaga guvoh bo‘lgan ayollardan biri.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Toshkent shahrida so‘nggi vaqtlarda YHTlar soni haddan ziyod ortib ketgani haqida ta’kidlaganlar. Faqagina so‘ngi bir necha kun ichida avariyalar soni 10dan oshib ketdi, deb yozmoqda internet foydalanuvchilar.