Babayan tarkibdagi muammolardan xavotirda ekanligini aytdi

Obuna bo‘lish
Samvel Babayan Odil Ahmedovning optimal holatda emasligidan tashvishda ekanligini bildirdi

TOShKENT, 5 okt – Sputnik. JCh-2018 saralashi doirasida O‘zbekiston va Eron terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv oldidan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida har ikki terma jamoa murabbiylari o‘z fikrlarini bildirishdi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan Odil Ahmedovning optimal holatda emasligidan tashvishda ekanligini bildirdi va Eron terma jamoasini guruh favoriti deb atadi.

Trener natsionalnoy sbornoy Uzbekistana Samvel Babayan - Sputnik O‘zbekiston
Samvel Babayan: Milliy terma jamoa tarkibini murabbiylar shtabi aniqlaydi

Eron bosh murabbiyi Karlush Keyrush esa  qo‘l ostidagi terma jamoani yulduz jamoa deb atadi va uchrashuvda ijobiy natijaga erishishiga umid qildi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu uchrashuv ertaga soat 18.00da "Bunyodkor" stadionida boshlanadi. 

O‘zbekiston terma jamoasi ushbu uchrashuvni ko‘k libosda o‘tkazadi. Eronliklar esa oq libosda harakat qilishadi.

Ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston milliy terma jamoasi boshqaruviga Samvel Babayan kelganidan buyon barcha uchrashuvlarda ko‘k libosda maydonga tushmoqda.

Yangiliklar lentasi
0