Samvel Babayan: Milliy terma jamoa tarkibini murabbiylar shtabi aniqlaydi

© Federatsiya futbola UzbekistanaTrener natsionalnoy sbornoy Uzbekistana Samvel Babayan
Trener natsionalnoy sbornoy Uzbekistana Samvel Babayan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan Iroq terma jamoasiga qarshi o‘yindan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

 

TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan Iroq terma jamoasiga qarshi o‘yindan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida ishtirok etdi, O‘zbekiston Futbol federatsiyasi xabariga asosan.

Milliy terma jamoa bosh murabbiyi himoya chizig‘ida bir qator kamchiliklar borligini yashirmadi va ularni bartaraf etish uchun hali imkoniyat borligini ta’kidladi.

“Iroq terma jamoasiga qarshi o‘yin orqali juda ko‘p pozitsiyalarda yangi o‘yinchilarni sinovdan o‘tkazdik. Bugun, himoya markazida ikki nafar yangi futbolchi maydonga tushdi. Umuman, ularning bugungi o‘yinidan qoniqish hosil qildik, ammo, o‘yin yakunida baribir himoyachilarda qandaydir bosim ko‘zga tashlandi. Afsuski, markaziy himoya chizig‘i doim biz uchun muammoli pozitsiya bo‘lib kelgan. Ularni imkon qadar bartaraf etishga harakat qilamiz”, — dedi Babayan.

“Avstriyadagi yig‘inda futbolchilarning harakatlaridan ko‘nglim to‘lgan edi. Avstriyada o‘tkazgan o‘rtoqlik uchrashuvlarida biroz tezroq harakat qilgan va pressingni ham yaxshi ushlagan edik. Bugun ham birinchi bo‘limda raqibga deyarli imkon bermadik, ammo ikkinchi bo‘limda biroz konsentratsiyani yo‘qotdik va buning oqibatida raqibda hujum qilish imkoniyatlari ko‘paydi”.

Milliy terma jamoa bosh murabbiyi shuningdek, tarkibdan o‘rin ola olmagan futbolchilar uchun hamon imkoniyat mavjudligini va ayni damda terma jamoaga qaysi futbolchi nima uchun jalb etilmaganiga izoh berdi: “Terma jamoa tarkibini murabbiylar shtabi aniqlaydi. Bugungi tarkib optimal emas, ammo ular bizning hozirgi qarashlarimiz va o‘lchovlarimizga to‘g‘ri keladi. Ular o‘z ishini professional tarzda bajarmoqdalar. Tarkibdan o‘rin olish uchun har bir o‘zbekistonlik futbolchida imkon bor. Biz ularning pasportiga yoki qaysi klubda o‘ynashiga e’tibor qaratmaymiz. Shunchaki, bizning prinsiplarga mos kelishi talab etiladi.

Temurxo‘ja Abduholiqov ham terma jamoaga nomzod futbolchi hisoblanadi. Ammo, bugungi kunda u ba’zi prinsip va qarashlarimizga to‘g‘ri kelmayotgani bois tarkibga jalb etilmayapti”, — dedi milliy terma jamoa bosh murabbiyi.

“Bugun maydonda to‘p surgan ba’zi futbolchilar imkoniyatlari darajasida o‘ynay olmadilar. Kamoliddin Tojiyev va Azim Ahmedovlarda mikro jarohatlar mavjud edi. Azim Ahmedovni o‘yin oxirida almashtirishga majbur bo‘ldik. Umuman olganda, barcha pozitsiyalarda yangi futbolchilarni sinovdan o‘tkaza oldik.

Albatta, terma jamoa o‘zagini legionerlarimiz tashkil etadi. Rasmiy o‘yinlardan oldin, xorijda o‘ynayotgan futbolchilarimiz sog‘ va yaxshi jismoniy holatda yetib kelishlariga umid qilaman”, — dedi Babayan.

 

Yangiliklar lentasi
0