O‘zbekiston yangi ish o‘rinlari yaratish uchun 100 mln $ jalb etadi

Obuna bo‘lish
Yangi ish o‘rinlari yaratish uchun Butunjahon banki 100 million dollar miqdoridagi zayom ajratishi 2016-2020 yillarga mo‘ljallangan hamkorlikning yangi strategiyasiga kiritilgan

TOShKENT, 4 okt – Sputnik. Yangi ish o‘rinlari yaratish uchun O‘zbekiston hukumati Butunjahon bankining 100 million dollar miqdoridagi mablag‘ini jalb etishni rejalashtirgan, dedi respublika iqtisodiyot vazirligi vakili.

"Yangi ish o‘rinlari yaratish uchun Butunjahon banki 100 million dollar miqdoridagi zayom ajratishi 2016-2020 yillarga mo‘ljallangan hamkorlikning yangi strategiyasiga kiritilgan", — dedi agentlikka suhbatdosh.

Migrantlar - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston vatanga qaytgan migrantlar uchun 155 ming ish o‘rinlarini yaratdi

Iqtisodiyot vazirligi vakilining xabar qilishicha, ushbu haftada Jan-Piter Olters rahbarligidagi bank delegatsiyasi va hukumat o‘rtasida Butunjahon bankining mablag‘lari jalb etiladigan "Ish o‘rinlarini kengaytirish va zamonaviy iqtisodiyot bilan bog‘liq ko‘nikmalarni kuchaytirish" loyihasining konsepsiyasi muhokama qilinadi. Delegatsiya bir qator vazirlik va muassasalar hamda tijorat banklari va BBning respublikadagi ijtimoiy hamkorlari bilan muzokaralar o‘tkazadi.

BBning ijrochi direktorlari kengashi iyun oyida O‘zbekiston bilan 2016-2020 yillarga mo‘ljallangan hamkorlikning yangi konsepsiyasini tasdiqladi va respublika uchun 3 milliard dollarga yaqin mablag‘ni zaxira qilib qo‘ydi.

"Yangi konsepsiyaning strategik maqsadi — O‘zbekiston hukumatini kelgusi besh yil davomida yiliga 500 mingtagacha yangi ishlab chiqarish va muntazam ish o‘rinlarini yaratishda qo‘llab-quvvatlashdir", — dedi vazirlik vakili.

Vashingtondagi Jahon Banki shtab-kvartirasi - Sputnik O‘zbekiston
Jahon banki O‘zbekistonga 4 mlrd $ ajratadi

2015 yil oxirida O‘zbekiston Senati 993 ming ish o‘rni yaratish mo‘ljallangan ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturini ma’qulladi. Bu ish o‘rinlarining 148 mingtasi xorijdan qaytgan mehnat migrantlari uchun mo‘ljallangan. Dasturda ko‘rsatilishicha, ishsizlik 719 ming kishi darajasida saqlanib qoladi, bu mamlakatdagi mehnatga layoqatli aholining 5%dan sal ko‘prog‘ini tashkil etadi.

Rasmiy statistikaga qaraganda, O‘zbekiston doimiy aholisining soni 2016-yilning birinchi yarmida 0,7%ga oshgan va 31,807 million kishiga yetgan, ishsizlar soni 723,6 ming kishini tashkil etgan (iqtisodiy faol aholining 5,2%i).

Turli hisob-kitoblarga qaraganda, hozirda O‘zbekiston tashqarisida mamlakatning 3-4 millionga yaqin fuqarosi mehnat qiladi. 

Yangiliklar lentasi
0