TOShKENT, 4 okt – Sputnik. Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev respublika qurolli kuchlari bosh shtabi rahbari Raimberdi Duyshenbiyev bilan uchrashuvi chog‘ida tashqi chegaralarni mustahkamlash va mamlakat mudofaasini kuchaytirish lozimligini ta’kidladi, deb xabar beradi RIA Novosti.
"Prezident tashqi chegaralarni mustahkamlash bo‘yicha oldinga qo‘yilgan vazifalarni samarali bajarish uchun qurolli kuchlarning jangovar tayyorgarligini oshirish va mamlakat mudofaa qobiliyatini kuchaytirish zarurligini ta’kidladi", — deb xabar beradi Qirg‘iziston rahbarining matbuot xizmati.
Atambayev va Duyshenbiyev shuningdek, "harakatchan va zamonaviy talablarga javob beruvchi" qurolli kuchlar tuzilmasini yaratish masalasini ham muhokama qildilar.
Qirg‘iziston prezidenti mamlakatda deyarli ikki hafta davomida bo‘lmadi. 19-sentabr kuni Atambayev tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun qisqa muddatli mehnat ta’tiliga chiqdi. Salomatligi yaxshilanganidan so‘ng u kasalxonadan chiqdi va Qirg‘izistonga qaytib keldi.