TOShKENT, 1 okt — Sputnik. Moskvadagi Markaziy klinika shifoxonasida davolangan Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev shanba kuni Bishkekka uchib keldi, deb xabar qilgan RIA Novosti nashriga Qirg‘iziston prezidenti apparati xodimi.
"Bugun 1-oktabr kuni Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev Bishkekka uchib keldi", deb ta’kidlagan suhbatdosh agentlikka.
Sal oldin Qirg‘izistonning Moskvadagi elchixonasi matbuot-kotibi Gulbarchin Boyimbetova "Prezident davolanish muolajalarini olib bo‘ldi. Uning ahvoli yaxshi, tibbiy muolaja natijalari ham yaxshi. U shifoxonadan chiqdi", deb xabar qilgan edi.