O‘zbekiston delegatsiyasi YeI bilan hamkorlikni muhokama qiladi

© REUTERS / Francois LenoirYevrokomissiya shtab kvartirasi
Yevrokomissiya shtab kvartirasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Delegatsiya "Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi" shaklidagi mintaqalararo vazirlar uchrashuvi hamda Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyada ishtirok etadi

TOShKENT, 3 okt — Sputnik. 2016 yilning 4 va 5-oktabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasi Brussel shahrida Yevroittifoqning rasmiy shaxslari bilan muzokaralar o‘tkazishi rejalashtirilgan, deb xabar beradi O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.

YeI va Markaziy Osiyo TIV rahbarlari Brusselda uchrashishadi

O‘zbekiston delegatsiyasiga mamlakat tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchilik qiladi. "Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi" shaklidagi mintaqalararo vazirlar uchrashuvi hamda Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyada mintaqaviy xavfsizlik hamda hamkorlik masalalari muhokama qilinadi.

Bundan tashqari, tashrif doirasida Yevroittifoqning rasmiy shaxslari bilan muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0