TOShKENT, 2 sen – Sputnik. “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” ko‘rinishidagi tashqi ishlar vazirlarining navbatdagi uchrashuvi 4-oktabr kuni Brusselda bo‘lib o‘tadi, deb xabar berdi RIA Novosti YeIning O‘zbekistondagi vakolatxonasi matbuot xizmatiga tayanib.
"To‘rtinchi oktabr kuni Brusselda YeI va Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Uchrashuvga Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti Federika Mogerini raislik qiladi", — deyiladi xabarda.
YeI vakolatxonasining ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuv Markaziy Osiyodagi hamkorlar bilan mustahkam va uzoq muddatli aloqalarni namoyish etish imkoniyatini beradi.
"Yevropa ittifoqi O‘zbekistondagi o‘zbek xalqi manfaatlari doirasidagi o‘tish jarayonlarini qat’iy qo‘llab-quvvatlaydi. YeI O‘zbekiston bilan taraqqiyot, barqarorlik va mamlakat xavfsizligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida hamkorlik va sheriklik kelishuvi hamda YeIning Markaziy Osiyo bo‘yicha strategiyasi asosida uzoq muddatli aloqalarga intiladi", — deyiladi xabarda.