TOShKENT, 3 okt — Sputnik. “Tolibon” radikal harakati jangarilari Afg‘oniston shimolidagi Qunduz viloyatida hujumga o‘tdi, deb xabar qilmoqda Frans Press agentligi.
Agentlik xabariga ko‘ra, Tolibon dushanba kuni erta tongda hujumga o‘tgan. Ayni damda hududni ikki afg‘on armiyasi vertoleti nazorat qilmoqda.
Qurbon lar va yaralanganlar haqida ma’lumot hozircha yo‘q. Voqea tafsilotlari ham xabar qilinmagan.
Eslatib o‘tamiz, Afg‘oniston hukumati, Pokiston va xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda oxirgi yillar davomida mamalkatda mavjud bo‘lgan barcha muxolifat kuchlari va radikal oqimlar bilan tinchlik shartnomasi tuzishga harakat qilmoqda. Lekin shu vaqtga qadar hukumat barcha tomonlarni muzokara davrasiga to‘play olgani yo‘q.
Yaqinda hukumat mamlakatda ikkincha katta kuch bo‘lgan Gulbiddin Hikmatiyor boshqaruvidagi “Hizbi Islomiy” partiyasi bilan tinchlik shartnomasi tuzishga dastlabki qadam qo‘ygani haqida xabar bergan edik.