"Angren" logistika markazi ustav fondiga xorijiy investitsiya kiritiladi

© Sputnik / Stanislav Savin / Mediabankka o‘tishTransport-logistika majmuasi
Transport-logistika majmuasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 5-avgustdagi Qaroriga ko‘ra markazning ustav fondida xorijiy investitsiya ulushi shu yilning 31-dekabriga qadar kamida 15%ni tashkil etishi lozim

TOShKENT, 3 okt – Sputnik. Dastlab ikki yil ichida "Angren" logistika markazi aksiyalari davlat ulushining 49%i xorijiy investorlarga sotilishi mo‘ljallangandi, deb xabar beradi nuz.uz.

Avtomobil va temir yo‘l yuk tashuvlari xizmatini ko‘rsatishga ixtisoslashgan "Angren" logistika markazi 2010-yilda Toshkent viloyatidagi temir yo‘l stansiyasi negizida tashkil etilgan.

Markazning asosiy vazifasi  O‘zbekistonning barcha hududidan temir yo‘l orqali kirib keladigan yuklarni qabul qilish va qayta ishlash hamda yuklarni yil davomida kafolatlangan holda "Qamchiq" dovoni orqali Farg‘ona vodiysi viloyatlariga yuborishdir.

Logistika markazining yuk amaliyotlari hajmi 4 million tonnani tashkil etadi.

Sabzavot bazasi - Sputnik O‘zbekiston
Sabzavot eksporti uchun logistika markazlari qurilishi boshlandi

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, tranzit-yuk terminali maydoni 8,5 gektarga yaqin, avtomobil parkida esa 340dan ortiq transport texnikasi mavjud.
Asosiy tashiladigan yuklar sirasiga "GM Uzbekistan" avtomobillari, avtomobil ehtiyot qismlari, Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi mahsulotlari, kimyo va qishloq xo‘jalik mahsulotlari kiradi.

"O‘zavtosanoat" AK, "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ, "O‘zbekneftgaz" MXK, "O‘zkimosanoat" AJ, "Farg‘onaazot" AJ, "O‘zqurilishmaterial" AK, "Oziqovqatsanoatxolding" XK markaz muassislari hisoblanadi.

"Angren" xalqaro logistika markazi O‘zbekistondagi eng yirik erkin iqtisodiy zonasi hududidagi "Angren" erkin sanoat zonasida joylashgan.

Yangiliklar lentasi
0