TOShKENT, 29 mar — Sputnik. O‘zbekiston 2020 yilga qadar 17 ta logistika markazi qurishni rejalashtirgan. Ushbu markazlar yordamida sabzavot mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va transportirovka uchun tayorlashga ixtisoslashgan bo‘ladi, deb xabar berdi Sputnik muxbiriga "O‘zulgurjisavdoinvest" assotsiatsiyasi vakili.
2016 yilda O‘zbekistonning besh viloyatida shunday markazlar paydo bo‘ladi. Andijon, Namangan, Farg‘ona, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari logistika markazlari qurilishi uchun yer ajratib berdi. Dastlabki tashkiliy ishlar allaqachon boshlandi.
“Loyihaning umumiy qiymati 120 milliard so‘mni tashkil qildi. Markazalar qurilishi o‘z mablag‘larimiz va tijorat banklari kreditlari yordamida olib boriladi”, — dedi muassasa vakili.
Ushbu markazlar bizga qishloq xo‘jalik mahsulotlariga dastlabki ishlov berish, qayta ishlash, saqlash va eksport qilish uchun qulay sharoit yaratadi.
Suhbatdosh xabariga ko‘ra, tashkilot 60ga yaqin ulgurji savdo bazalari bilan shartnoma asosida hamkorlik qilmoqda. Ularning ixtiyorida 116 ming kvadrat metr sovutilmaydigan va 75 ming tonna sovutiladigan omborxona hajmlari mavjud.
2016-2020 yillarda "O‘zulgurjisavdoinvest" o‘zining sovutiladigan ombobrxona hajmlarini 325 ming tonnaga yetkizmoqchi. Ushbu maqsad uchun 125 millard so‘m xarajat qilish rejaga kiritilgan.
O‘tgan yili yetishtirilgan mahsulotdan kuz va qish mavsumi uchun 70 ming tonna mahsulot omborxonalarda saqlangan edi. Ular orsida 17 ming tonna kortoshka va piyoz, 15 ming tonna boshqa turli sabzavotlar, 9,5 ming tonna mevalar, 500 tonna go‘sht bor. Bu aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashdan tashqari ichki bozorda narxlarni bir maromda ushlab turishga yordam berdi.