TOShKENT, 3 sen – Sputnik. Qirg‘iz-o‘zbek chegarasidagi vaziyat barqarov va xavotirlanishga asos yo‘q, deb xabar berdi RIA Novosti Qirg‘iziston davlat chegara xizmati matbuot xizmati vakili Sajira Chokoloyevaga asoslanib.
"Davlat chegarasining qirg‘iz-o‘zbek uchastkasi ilgarigidek kuchaytirilgan tartibda qo‘riqlanmoqda, bu yerda vaziyat barqaror va xavotirlanishga asos yo‘q", — dedi u.
Uning aytishicha, qirg‘iz-o‘zbek chegarasida qo‘riqlashning kuchaytirilishi Ungar-Too hududidagi hodisa bilan bog‘liq va Prezident Islom Karimovning vafoti bilan bog‘liq emas.
Shanba kuni qator ommaviy axborot vositalari chegaraning O‘zbekiston tomonida harbiy texnika va harbiylarning soni oshganligi kuzatilayotganini ma’lum qilgandi.
"O‘zbekiston hududida ilgaridan rejalashtirilgan harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda, bu haqda Qirg‘iziston tomoni rasman xabardor qilingan", — dedi Chokoloyeva.