OAV: ID yetakchisini zaharlashga urinishdi

© AP PhotoIroq harbiylari ID marralariga o‘t ochmoqda
Iroq harbiylari ID marralariga o‘t ochmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, ID rahbari Abu Bakr al-Bag‘dodiy va yana uch nafar qo‘mondon ovqatdan zaharlangan

TOShKENT, 3 okt — Sputnik. "Islom davlati" terrorchilik tashkiloti rahbari Abu Bakr al-Bag‘dodiyni zaharlashga urinishdi deb xabar beradi RIA Novosti Iraqi Media News Agency agentligining Naynavodagi manbasiga asoslanib bergan xabariga tayanib.

Iroq shimolidagi Naynavo viloyatida IDning asosiy tayanchi — 2014-yilda egallangan Mosul shahri joylashgan.

"Razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, ID rahbari Abu Bakr al-Bag‘dodiy va yana uch nafar qo‘mondon ovqatdan zaharlangan", — deb ta’kidlaydi agentlik suhbatdoshi.

Uning aytishicha, voqea Mosulning janubi-g‘arbidagi Suriya chegarasi yaqinida yuz bergan.

Jangari - Sputnik O‘zbekiston
Ekspert: Suriyada yo‘q qilingan Al-Adnani ID yetakchisidan ham xavfliroq edi

"ID al-Bag‘dodiy bo‘lgan hududlarda hibsga olishlarni boshlab yubordi", — degan manba hamda jangarilar yetakchilari "og‘ir zaharlanishdan azob chekishayotganini", ularni noma’lum tomonga olib ketishganini bildirgan.

Iraqi Media News Agency suhbatdoshi al-Bag‘dodiyning qayerdaligi faqatgina uning atrofidagilargagina ma’lumligini, ID rahbari muntazam ravishda joyini o‘zgartirib turishini qo‘shib qo‘ygan.

Ommaviy axborot vositalari al-Bag‘dodiyning o‘limi haqida bir necha marta xabar bergandi. Iyun oyida Britaniyaning Mirror gazetasi jangarilarning yangilik agentligi xabariga tayanib ID rahbari Raqqa shahrining bombardimon qilinishi vaqtida halok bo‘lganligini yozgan, lekin bu xabar tasdiqlanmagandi.

Yangiliklar lentasi
0