Hodisalar

Ekspert: Suriyada yoʻq qilingan Al-Adnani ID yetakchisidan ham xavfliroq edi

© Sputnik / Jangari
Jangari - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Abu Muhammad Al-Adnani gʻarbiy Yevropa davlatlari va AQShda terrorchilik hujumlarini uyushtirishga chaqiriqlari bilan tanilgandi.

TOSHKENT, 31 avg — Sputnik. Aviazarba natijasida Suriyada yoʻq qilingan ID terrorchilik guruhining spikeri Abu Muhammad Al-Adnani gʻarb davlatlariga guruh yetakchidan ham koʻra koʻproq xavf solardi, dedi terrorizmga qarshi kurash boʻyicha CNN telekanali tahlilchisi Pol Krikshenk, RIA Novosti xabariga asosan.

"U Abu Bakr al-Bagʻdodidan ham koʻra xavfliroq shaxs edi, chunki u IDning tashqi operatsiyalari uchun masʼul va IDning xorijdagi shoʻʼbalarini nazorat qilardi. Aynan ana shu shoʻʼbalar Gʻarbga tahdid soladi, ular Parijga hujum uyushtirishdi, ular AQShda ham hujum tashkil qilishlari mumkin", — dedi tahlilchi.

Chorshanba kuni Rossiya mudofaa vazirligi Halab muzofotida Su-34 samolyoti bergan aviazarba natijasida IDning ikkinchi oʻrindagi shaxsi "OAV bilan ishlash boʻyicha rasmiy vakili” Abu Muhammad Al-Adnani halok boʻlganini tasdiqladi.

Abu Muhammad Al-Adnani gʻarbiy Yevropa davlatlari va AQShda terrorchilik hujumlarini uyushtirishga chaqiriqlari bilan tanilgandi.

Yangiliklar lentasi
0