OAV: Saudiya AQShning yangi qonunidan g‘azabda

© AFP 2023 / STAN HONDA11 sentabrdagi terakt
11 sentabrdagi terakt - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qonun 2001-yil 11-sentabrdagi teraktlar qurbonlari istalgan davlatga qarshi ayblov e’lon qilishlariga huquq beradi

TOShKENT, 30 sen — Sputnik. Saudiyaliklar 11-sentabrdagi terakt qurbonlariga Ar-Riyodni sudga berishlarini ta’minlovchi qonun sababli AQShga "halokatli oqibatlar" kelib chiqishi mumkinligini aytib tahdid qilmoqda, deb xabar beradi RIA Novosti Spiegel jurnaliga asoslanib.

Chorshanba kuni vakillar palatasi tomonidan yangi qonun qabul qilindi. AQSh prezidenti Barak Obama bu qonunga veto qo‘yishga urindi, biroq kongress ilk marta uning vetosini rad etdi.

"Prezident Obama uchun kongressning 9/11 qonuni bo‘yicha qarori ichki siyosiy mag‘lubiyat hisoblanadi. Saudiya Arabistoni bundan norozi va buning oqibatlari haqida ogohlantirmoqda", — deyiladi nemis jurnalida.

AQSh prezidenti Barak Obama - Sputnik O‘zbekiston
AQSh Kongressi birinchi marta Obama qo‘ygan taqiqni inkor etdi

Nashr Ar-Riyod tashqi ishlar vazirligi bayonotiga tayanmoqda. Vazirlik kongressni "halokatli va xavfli oqibatlarning oldini olish uchun barcha choralarni ko‘rish”ga chaqirdi. Oqibatlar deganda nima nazarda tutilganligiga aniqlik kiritilmagan.

AQSh kongressi tomonidan qabul qilingan qonun 2001-yil 11-sentabrdagi teraktlar qurbonlari istalgan davlatga qarshi ayblov e’lon qilishlariga huquq beradi, biroq Spiegelning eslatishicha, o‘sha kuni hujumda ishtirok etgan 19 terrorchining 15tasi Saudiya arabistonilik bo‘lishgan.

Barak Obama bu qonun AQShning milliy manfaatlariga ziyon yetkazishi mumkinligini bildirdi. Uning aytishicha, endi AQSh amerikalik harbiylarning boshqa mamlakatlardagi harakatlariga nisbatan o‘sha mamlakatlar tomonidan da’vo qo‘zg‘alishidan xavotirda bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0