Mirziyoyevning virtual qabulxonasi qanday ishlamoqda?

© Sputnik / Sergey SubbotinShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bir hafta davomida qabulxonaga 3 mingdan ortiq murojaat kelib tushgan. Aksariyat murojaatchilarning muammolari bir-ikki kun ichida hal etilgan

TOShKENT, 30 sen – Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining virtual qabulxonasiga har kuni yuzlab murojaatlar kelib tushmoqda, deb xabar beradi nuz.uz. Qabulxonaning Facebookdagi sahifasida hal etilgan muammolar haqidagi ma’lumotlar joylashtirilgan.

Masalan, Navoiy viloyatida istiqomat qiluvchi ayol 26-sentabr kuni Qishloq qurilish bankidagi omonat raqamidan mablag‘larini olishda yordam so‘rab 1000 qisqa raqami orqali murojaat qilgan. 28-sentabr kuni murojaatchi kerakli miqdordagi mablag‘ini olgan hamda mablag‘ining qolgan qismini yanada yuqori stavkali omonat turiga rasmiylashtirgan.

O‘zbekiston bosh vaziri Shavkat Mirziyeyev - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyevning internet-qabulxonasi ochildi

27 sentabr kuni virtual qabulxonaga 1000 raqami orqali Sirdaryolik fuqaro murojaat qilib, “Agrobank” tomonidan ta’lim krediti ajratilishida yordam so‘ragan. Ertasi kuni  murojaatchining muammosi ijobiy hal qilingan va ta’lim muassasasi hisob raqamiga 4 mln. 400 ming so‘m mablag‘ ta’lim krediti asosida o‘tkazib berilgan.

Qabulxonaga nafaqat shikoyatlar, balki minnatdorlik maktublari ham kelmoqda. Ana shunday maktublardan birini 89 yoshli onaxon yo‘llagan.

“O‘qituvchi va murabbiylar kuni oldidan 89 yoshli pedagog onaxonni Bosh vazir virtual qabulxonasiga murojaati bo‘yicha masalasi hal bo‘lib duo qilganlarini o‘qish naqadar quvonch bag‘ishlaydi”, deyiladi ijtimoiy tarmoqdagi sahifada va maktub ilova qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi-Respublika Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyevning virtual qabulxonasi 24-sentabr kuni tashkil etilgan bo‘lib, (0 800) 210-0000 yoki 1000 qisqa raqamlariga qo‘ng‘iroq qilish (qo‘ng‘iroq respublika bo‘yicha bepul, faqatgina statsionar telefonga qo‘ng‘iroq qilish narxi bo‘yicha haq olinadi), xat yuborish (pm.gov.uz veb-saytida keltirilgan shaklni to‘ldirish orqali) yoki “O‘zLiDeP” hududiy partiya tashkiloti Kengashiga tashrif buyurish orqali murojaat qilish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0